Şotlandiyalik erkak oyoq ölçami kattaligi bois bir neça yildan beri işga joylaşa olmayapti, deb xabar bermoqda The Sun naşri.
39 yoşli Devid Xendersonning oyoq kafti uzunligi 30 santimetr, eni esa 18 santimetrga teng. U oyoğiga loyiq keladigan yagona poyabzal Britaniya ölçami böyiça 19 (Yevropadagi 55-ölçam) ölçamli oq rangdagi Adidas krossovkasidir.
Xenderson yoşligida qöriqçi, farroş va dökon sotuvçisi bölib işlagan, ammo keyingi paytda davlat nafaqasi hisobiga yaşamoqda. Işga kiriş oldidan suhbatlaşişga kelganida oyoğida qora poyabzal bölmasligi tufayli uni heç qaçon işga olmasliklariga Xendersonning işonçi komil.
«Işga joylaşiş uçun futbolka va krossovkada kelgan paytimda özimni köçadagi daydidek his qilaman, — deydi u. — Ammo oyoğimga katta krossovka kiyib, egnimga jiddiy kostyum kiyib borsam juda antiqa körinadi».
Xenderson Londondan buyurtma böyiça poyabzal tikadigan usta ham topdi. Usta 1,5 ming funt sterling evaziga unga 19-ölçamdagi qora rangli çarm poyabzal tikib berişga tayyor. Ammo işsiz şotlandiyalikda bunça pul yöq.
Mart oyida Britaniyaning Beri-Sent-Edmunds şahrida yaşovçi 16 yoşli Brendon Marşallning böyi 224 santimetrga yetgani xabar qilingandi. Unga loyiq keladigan kiyim va ayniqsa poyabzal topiş qiyin bölmoqda – yigitçaning oyoq ölçami 17ga (52-ölçam) teng.
Şotlandiyalik erkak oyoq ölçami kattaligi uçun işsiz qoldi












