Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ–3666-son qarori bilan Adliya vazirligiga davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatida huquqni qöllaş amaliyotini izçil va bir xilda ta'minlaş böyiça çoralarni amalga oşiriş vazifasi yuklatildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qisqa muddat içida Adliya vazirligi, uning hududiy boşqarmalari hamda tuman (şahar) adliya bölimlari tomonidan mazkur yönalişda bir qator işlar amalga oşirilib, ijobiy natijalarga erişildi.

Ötgan uç oy davomida respublika böyiça jami bölib 650taga yaqin (respublika, viloyat va tuman (şahar) darajalaridagi) taşkilotlarda 7000dan köp qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Qonunbuzilişlar asosan ta'lim, soğliqni saqlaş, mehnat, kommunal xizmatlari, yer ajratiş, ma'muriy javobgarlikka tortiş va boşqa sohalarda yöl qöyilgan.

Yöl qöyilgan qonunbuzilişlarni bartaraf etiş yuzasidan davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga 290ta taqdimnomalar (70 nafar aybdor xodimga iş beruvçilar tomonidan intizomiy jazo çoralari qöllanildi), aybdor şaxslarni ma'muriy javobgarlikka tortiş yuzasidan sudlarga 82ta taklif kiritildi.

Bundan taşqari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga kelgusida sodir etilişi mumkin bölgan qonunbuzilişlarni oldini oliş 2500dan ortiq ogohnomalar kiritildi.

Aniq misollar keltiriladigan bölsa, Adliya vazirligiga fuqaro U.D. Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan 2018 yil 22 mayda ötkazilgan malaka imtihoni natijalari bekor qilinganligidan norozi bölib murojaat qilgan. Mazkur holat vazirlik tomonidan batafsil örganib çiqilib, tegişli amaliy çora-tadbirlar amalga oşirildi, natijada malaka imtihoni muvaffaqiyatli topşirgan 20 nafar fuqaroga, şu jumladan U.D.ga baholovçi malaka sertifikatlari berilişi ta'minlandi. Qömitaning aybdor xodimiga nisbatan çora körildi.

Şuningdek, Adliya organlari tomonidan tuman (şahar) obodonlaştiriş boşqarmalari, tuman (şahar) yöl ekspluatatsiya korxonalari, avtomobil yöllari boş boşqarmalari huzuridagi ekspluatatsiya liniya korxonalarining faoliyati hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son qarorining bajarilişi örganildi. Örganiş davomida bir qator qonunbuziliş holatlari aniqlandi va ularni bartaraf etiş yuzasidan tegişli çoralar körildi.

Jumladan, 28 nafar fuqaroning manfaatlarini közlab fuqarolik işlari böyiça sudlarga da'vo arizalari kiritilib, 67,4 mln söm pul mablağlari undirib berildi.

Şu bilan birga, obodonlaştiriş sohasini hamda mehnat töğrisidagi qonun hujjatlarini ilğor xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda takomillaştiriş yuzasidan 11ta yönalişda 40ga yaqin takliflar işlab çiqilib, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi.

Bundan taşqari, vazirlik tomonidan xalq ta'limi tizimi rivojlanişiga salbiy ta'sir qiluvçi salbiy omillar tahlil qilinib, ularni bartaraf etiş yuzasidan 11ta yönalişda 28ga yaqin takliflar işlab çiqilib, prezident devoni hamda hukumat idoralariga taqdim etildi.

Şu bilan bir qatorda, mamlakatimizning iqtisodiyotini yangi poğonaga kötariş, investitsiya muhitini yaxşilaş, bozorlar faoliyatini takomillaştiriş, qonunçilikdagi kollizion normalarni bartaraf etişga qaratilgan tegişli Özbekiston Respublikasi Qonuni hamda Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarori va farmoni loyihalari işlab çiqilgan.

Ularning biri joriy yilning 1 avgust kuni mamlakatimiz rahbari tomonidan imzolandi, xususan Özbekiston Respublikasi prezidentining “Özbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.