13 avgust kuni soat 18:00 da poytaxtdagi "Töqimaçilik" stadionida Özbekistonda yuqori darajali futbol va sport turizmini rivojlantirişni öz oldiga maqsad qilgan Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi maşğulotlariga start berildi. Bu haqida Akademiya rahbariyati Kun.uz'ga xabar berdi.  

Akademiyaning 10 dan ortiq hududlardagi  maşğulotlari haftasiga uç marta ötkazilmoqda. 

Foto: Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi

Ta'kidlaş joizki, Amerika-Ispaniya futbol akademiyasida yunior-futbolçilar loyihaning hamkor mamlakatlari - AQŞ, Ispaniya, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya va Argentinadagi professional futbol klublari uslubi böyiça tayyorlanadi va qöllab-quvvatlanadi. 

Foto: Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi

Akademiya futbolga qiziquvçi barça bolalarga jahon miqyosida professional futbol bilan şuğullaniş, yuniorlar örtasidagi xalqaro turnirlarda iştirok etiş, jahon futboli yulduzlarining mahorat darslarida qatnaşiş va hamkor mamlakatlarning diqqatga sazovor maskanlarida böliş imkonini berişni öz oldiga maqsad qilgan. 

Foto: Amerika-Ispaniya Futbol Akademiyasi

2 iyul kuni Kun.uz'da Toşkent şahrida "My Soccer Academy" Amerika-Ispaniya Futbol akademiyasi (AIFA)ning oçiliş marosimi bölib ötgani haqida xabar berilgan edi. Respublika miqyosidagi uşbu loyihaga Özbekistonda tuğilib, AQŞda faoliyat yuritayotgan Şuhrat Qosimov tomonidan asos solingan bölib, u Özbekistonda yuqori darajali futbol hamda sport turizmi rivojiga muhim hissa qöşişga kirişdi.