Özbekiston sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2018 yilgi kalendar rejasiga köra, 2018 yilning 5-9 sentabr kunlari Toşkent viloyati, Böstonliq tumani “Allyur” ot sporti majmuasida ot sporti böyiça Jahon kubogining final bosqiçi ötkaziladi.
Ta'kidlaş joizki, bu ot sporti böyiça Jahon kubogi final bosqiçining birinçi marta Özbekistonda ötkazilişi.
Ötkaziladigan Jahon kubogida jami 17 davlatdan 20 nafar çet ellik sportçi iştirok etişi kutilmoqda.
Jahon kubogining oçilişi marosimi 2018 yilning 5 sentabr kuni Böstonliq tumani “Allyur” ot sporti majmuasida ötkazilişi belgilangan.
Musobaqa uç bosqiçda ötkazilib, birinçi bosqiç - Özbekiston, ikkinçi bosqiç - Qirğiziston va uçinçi bosqiç Qozoğiston davlatida bölib ötgan.
Jahon kubogining final bosqiçini Özbekistonda ötkazilişi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obrösini yanada mustahkamlaş yölida xizmat qiladi.












