Joriy yilning 25 iyul kuni jinoyat işlar böyiça Farğona viloyat Danğara tuman sudi tomonidan X.Sotvoldiyev raisligida oçiq sayyor sud majlisi ötkazildi. Unda ayblanuvçi S.S. ustidan 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi «b» bandi (öta xavfli retsidivist tomonidan), 28,211-moddasi (pora beriş) 2-qismi «a» bandi (öta xavfli retsidivist tomonidan) böyiça jinoyat işi körib çiqildi.

Aniqlanişiça, S.S. 2018 yilning 12 aprel kuni fuqaro B.A. dan Farğona neftni qayta işlaş zavodining «Angren-Pop» terminallaridan foydalaniş direksiyasi «Avtonefttrans» avtotransport jamlanmasi Pop uçastkasi qayta taşkil etilayotganini aytib, zavodda işlovçi tanişi orqali haydovçilik vazifasiga işga olib kiritib qöyişni aytgan. Evaziga 2 300 000 söm pul va mehnat daftarçasi, şaxsiga oid hujjatlari nusxalarini olgan. Bunday holat, B.J. bilan ham sodir bölgan. Undan 2 250 000 söm pul va mehnat daftarçasi, şaxsiga oid hujjatlari nusxalarini olgan.

19 aprel kuni fuqaro A.T. va B.T. bilan körişgan. B.T.dan 2 230 000 söm, A.T. esa 2 240 000 söm pul va hujjatlarni olgan.

22 aprel kuni yana xuddi şunday qilmişini davom ettirgan. M.I. ismli şaxsdan ham xuddi şunday haydovçilikka olib kirişini aytib, 3 800 000 söm pul olgan.

2018 yil 26 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraş Departamentining Danğara tuman bölimi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan vaqtda qölga olingan.

Sud, dalillarni hisobga olib, S.S. ni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi va 28,211-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan aybdor deb topdi va sutkaning soat 18:00 dan soat 08:00ga qadar çiqişni çeklaşdan iborat 3 (uç) yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinladi.

Hukmdan norozi taraflar şikoyat yoki protest bildirişga haqliligi tuşuntirildi.