Toşkentdagi «Premier Hall» kinoteatrida «Özbekkino» MA vakillari va bir guruh san'atşunoslar, jurnalistlar iştirokida yangi jurnal taqdimoti bölib ötdi.

«Kino san'ati» deya nomlanuvçi uşbu badiiy-publitsistik, ilmiy-ommabop jurnalda milliy va jahon kinosi tarixi, buguni haqida töliq ma'lumot oliş mumkin. «Özbekkino» MA Boş direktori birinçi örinbosari Şuhrat Rizayev naşr haqida öz fikrlarini bayon etdi.

«2017 yil 29 dekabrda prezident Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan ötkazgan uçraşuvida kinematografiya sohasiga doir alohida jurnal taşkil etiş vazifasi qöyilgandi. Mana, vaqt ötib şunday jurnal dunyo yuzini kördi. Bu yerda kinoga taalluqli barçasini topa olasiz: özbek va jahon kinosi tarixi, istiqbollari, bugungi holati, kino darğalarining oltinga teng fikrlari, tanqidiy mulohazalari mavjud. Şuningdek, yaratilayotgan milliy multfilm va hujjatli filmlar töğrisida hamda kinoşunoslarning tanqidiy-tahliliy maqolalaridan boxabar böliş imkoniyatiga ega bölasiz», deya uning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Jurnal nafaqat şu soha vakillari, balki katta auditoriya uçun möljallangan bölib, insonlarning kinomadaniyatini oşirişga xizmat qilişga qaratilgan.