Kun podkasti'ning bu galgi mehmoni – aktyor, rejissyor, prodyuser Sanjar Şodiyev. Ijodkor bilan san’atga qanday kelib qolgani, akasining vafot etişi unga qattiq zarba bölgani, özbek kinosining bugungi ahvoli, teleekranlar orqali namoyiş etilayotgan seriallardagi milliy qadriyatlarga teskari holatlar kabi mavzularda suhbat qildik. Podkastdan aktyor ijodiga oid şe’rlar ham joy olgan.
- Hozir sizni taniştirayotganimizda uçta maqomni aytdik. Aktyor, rejissyor va prodyuser. Qolaversa, bilamizki, kinossenariylar ham yozasiz. Şe’r ham yozsangiz kerak, adaşmasam. Tomoşabin nazdida özi Sanjar Şodiyev kim va özingiz uçun kimsiz?
- Men özi mutaxassisligim, tugatgan joyim Toşkent davlat San’at instituti drama va kino rejissyorlik fakultetini tugatganman. Kasbim rejissyor. Rejissyor böliş uçun ham bastakor, ham yaxşi ssenarist, ham yaxşi operator bölişingiz kerak. Siz ularga fikringizni, ğoyangizni aniq yetkaza olişingiz uçun ham ulardek bilimga ega bölişingiz lozim. Qiziqçilik men uçun xobbi. Uni yaxşi köraman. Birinçi ijro etgan filmim komediya bölgan. Birinçi rolni aktyor qaysidan boşlasa, bir umr tomoşabin uni şu rolda körişni xohlaydi. Men aktyor sifatida birinçi ustozimiz Burxon Şaropovning “Jonim seni yoxud egizaklar” filmida rol ijro etganman. Şu film orqali Borya obrazida juda köpçilikka yoqib, meni kinolarga taklif qilişgan.
Menga köpçilik ham aktyor, ham rejissyor, ham qiziqçi, ham prodyuser ekansiz, bunça kasb oğirlik qilmaydimi desa, bilasizmi qanaqa savol berdingiz deyman. Bitta oşxonaga kirdingiz-da, bu yerda birinçi ovqat ham bor ekan, ikkinçi ovqat ham, salatlar ham bormi? Non ham qöyasizlarmi, deydi. Bu hammasi umumiy bitta özi, oşxonaning asosi. Rejissyor ham xuddi şunday. San’atning har bir turidan boxabar bölişi şart. Şe’riyatni özim oldindan yaxşi köraman. E’tibor berganmisiz, olgan filmlarim hammasida şe’riy epizod bor.
- Xöp, mana, hozir mana şu joyda paradoks paydo bölyapti-da. Siz rejissyorlikda öqigansiz, lekin tomoşabin sizni Borya sifatida biladi.
- Töppa-töğri.
- Xöp, oxirigaça siz tomoşabin nazdida kim sifatida qolişni xohlaysiz?
- Ham rejissyor, ham aktyor sifatida. Raj Kapur özi kino olgan, özi rol ijro etgan. Şu körinişda yodda qolişni xohlayman. Bizda rejissyorga e’tibor qilişmaydi. Faqat kinoni körişadi. Kinoda asli rejissyor kim? Futbol murabbiyisiga öxşaydi. Agar kino zör çiqsa, aktyorlar intervyu berişadi, biz bu kinoda juda qiynaldik, lekin yaxşi çiqişi uçun harakat qildik. Agar kino sal omadsiz çiqib qolsa, rejissyor bilan işlaşda adaşdim-da, köpçilik aytuvdi, şu kinoda öynamagin deb, adaşdim-da, deb tönkab qöyişadi.
- Maqomingizni aniqlaştirib ham oldik. Özi asli san’atga begona bölmagan oilada tuğilgansiz. Lekin baribir köp intervyularda oçiq gapirmagansiz, san’atkor bölişingizga onangiz qarşi bölgan ekan. Nima sabab?
- Şifokor öz bolasini şifokor qilmoqçi bölmaydi. Çunki u kasbda azoblarni köradi. Bolam menga öxşab azoblanmasin, öğlim boşqa kasbda bölsin, deydi. Men köp organ xodimlari öğlini san’atkor qilmoqçi bölganini, bitta san’atkor esa aksinça, öğlini organ xodimi qilmoqçi bölganini körib, özini sohasida qiyinçilikni körib, farzandiga qiyinçilikni ravo körmaydi, deganman. Onam ham san’at qiyin narsa ekan, derdilar. Dadamga köp bora öğlimiz san’atkor bölmasin, deganlar. Lekin şuni bildim, olmaning tagiga olma, şaftolining tagiga baribir şaftoli tuşar ekan.
- Şu san’atga mehr bölganidan Toşkentga kelgansiz, öqişga ham joylaşib, örtada öqişni taşlab ketgan vaqtingiz ham bölgan ekan-a, eşitişimizga qaraganda?
- Ha, onam kasal bölib qoldilar, majburan bir yil öqişni taşlab ketgandim. Keyingi yil kelib, qaytib kirdim.
- Bu gal qaysi yönalişga kirgandingiz?
- Birinçi qöğirçoq rejissyorligi yönalişiga kirganman. Keyingi safar drama kino rejissyorligiga öqişga kirganman. Özi San’at institutiga kirişim qiziq bölgan. Uydagilar öqitmayman degani uçun Toşkentga qoçib keldim.
- Qoçib keldingiz?
- Ha, uydan qoçib keldim-da. Mardikor bozorda işlab yurdim. Bir kun mardikor bozordan iş bilan meni san’at institutining oldiga olib kelib qöyişibdi. Qarasam institut yotoqxonasi bilan bitta joyda, bolalar aşulalar aytib, raqsga tuşişyapti. Qölimda belkurak, biz yer ağdaryapmiz, Öşa kuni men xayolotga kirib ketdim. Men şu yerda öqiyman, dedim. Çunki u yerda biror xafa odam yöq edi. Mening nazdimda hamma xursand, hamma bir-birini tuşungan. Quvnoq odamlar davrasida men mana şu yoqqa öqişga kiraman, dedim. Qanaqa qilib kiraman bilmayman, lekin şu yerda öqişim kerak edi. Qölimda belkurak bilan orzu qilganman.
- Inson bitta narsaga erişiş uçun baribir nimalardandir voz keçadi. Sizning niyatingiz Toşkentga öqişga kiriş, san’at sohasida öqiş bölgan. Va şu sohaga öqiş uçun siz nimalardan voz keçdingiz?
- Juda köp narsadan. Mening közimga heç narsa körinmasdi. Bizning Qiziltepa tumanimizdan 13 ta san’atkor çiqqan. Balki şular sabab san’atga qiziqiş balanddir. Oydin Hojiyeva, Mehriddin Rahmatov, Erkin Bozorov, “Sarbon” guruhidagi Farhod Saidov, şulardan juda köpçiligi bitta tumandan çiqqan. U san’atkor böldi-ku, şu tumandan çiqdi-ku, men ham bölaman, deb köpçilik şu institutga kelgan. Odamlarni oldiga borib, duo bering, men öqişga kirmoqçiman, aktyor bölaman desam, kelib-kelib senmi? Bilasanmi bu yerda pulli odamlar öqiydi, sen qanday kirasan, derdi. Sizdan nima ketdi, bitta duo bersangiz, derdim…
Intervyuning töliq şaklini video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.






