Indoneziya mezbonligida ötadigan XVIII yozgi Osiyo öyinlarining aksariyat musobaqalariga 18 avgust kuni böladigan rasmiy oçiliş marosimidan söng start beriladi.

Turnirga Özbekistondan 331 nafar sportçi yöl olgan bölib, ular sportning 30 turi böyiça mamlakat şarafini himoya qiladi.

Musobaqa tarixiga nazar taşlab, Özbekiston sporti uçun eng omadli yozgi Osiyo öyinlari qaysi turnir bölganini bir qaraşda aniqlaş muşkul. Medallar soni böyiça hisoblaganda, Guangjou – 2010da eng yaxşi körsatkiç qayd etilgan – 56 ta medal. Biroq bu musobaqada Özbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 8-örinni egallaganini, bunga qadar vakillarimiz yozgi Osiyo öyinlarini ikki marta beşinçi va bir marta yettinçi örinlarda yakunlaşganini e'tiborga olsak, bu e'tirofni mutlaq töğri deb bölmaydi. Bundan taşqari, umumjamoa reytingida 5-örin qölga kiritilgan çempionatlardan biri – Busan-2002da Özbekiston hisobidagi oltin medallar soni 15 ta bölgan (oltin medallar böyiça eng yaxşi körsatkiç), bu Guangjoudagidan 4 taga köproq.

Eng muvaffaqiyatsiz ötgan yozgi Osiyo öyinlarini tanlaşda ham xuddi şunday murakkablikka duç keliş mumkin. 1998 va 2006 yilgi musobaqalarda özbekistonlik sportçilar eng kam körsatkiç – 40 tadan medalga erişgan bölsa-da, har xolda yakuniy jadvalda mos ravişda 10- va 7-örinlarni egallaşgan. Sönggi Osiyo öyinlarida esa medallar soni 45 ta bölsa-da, terma jamoa tarixda ilk marta kuçli öntalikdan tuşib qolgan – umumjamoa hisobida 11-örin. Boz ustiga, 2014 yilgi musobaqada, xuddi 1998 yilgi Bangkokdagi turnirda bölgani kabi, oltin medallar soni 10 taga yetmay qolgan.

1951 yildan ötkazila boşlangan yozgi Osiyo öyinlarining umumiy medallar jadvalida Özbekiston 63 ta oltin bilan 11-örinda bormoqda. 10-örindagi Filippin hisobida ham xuddi şunça oltin medal bor. Ammo filippinliklar 17 ta Osiyo öyinlarining barçasida, Özbekiston esa sönggi 6 tasida iştirok etganini inobatga olsak, bu raqibdan özib ketişimiz muammo bölmasligi aniq. Taqqoslaş uçun, filippinliklar Inçeondagi sönggi turnirda 15 ta medal qölga kiritgan bölsa, şulardan faqat bittasi oltin edi. Özbekistonlik olimpiyaçilar esa jami 45 ta, şu jumladan 9 ta oltin medallarni qölga kiritişgan. Pirovardida, agar hamyurtlarimiz Jakartada Filippin sportçilaridan bittaga köproq oltin olişsa ham, tarixiy jadvalning ilk öntaligidan joy olamiz.

Unutmaslik kerakki, eng yaqin ta'qibçimiz Indoneziya bu safar öz maydonida bizdan ilgarilab ketişga harakat qiladi. Osiyo öyinlari mezboni Özbekistondan bor-yöği 3 ta oltin medalga ortda qolmoqda. Vaholanki, umumiy medallar soni böyiça ular 84 ta medalga oldinda. Ötgan galgi musobaqani Indoneziya 4 ta oltin, jami 20 ta medal bilan yakunlagan. Özbekistonning Inçeondagi körsatkiçi, yuqorida ta'kidlaganimizdek, 9 ta oltin (jami 45 ta medal). Demak, Jakartada turnirning tarixiy-umumiy reytingida 10-örinni egallaş uçun Özbekiston, Indoneziya va Filippin sportçilarining raqobatini kuzatamiz.

Albatta, barça jamoalar iştiroklarini turli vaqtlarda boşlagani sababli, uşbu röyxatga qarab Özbekiston sportining Osiyodagi örni haqida qat'iy xulosalar çiqariş noörin böladi. Biroq yaqin qöşnimiz – Qozoğistonning körsatkiçlari bilan özimiznikini soliştirib, muayyan tasavvur hosil qiliş mumkin.

Reytingda 5-örinda borayotgan, 4-örindagi Erondan 14 tagina medalga ortda qolayotgan Qozoğiston bilan oramizni naq 207 ta (!) medal ajratib turibdi. Oltin medallar soni böyiça ikki barobardan ham köproq ortda qolmoqdamiz – 63ga 140. Ikki mamlakat aholisi sonini taqqoslab, qozoq qöşnilarimizning sportda bizdan ança ilgarilab ketganini tan olişimiz lozim.

Sarlavhadagi savolga javob esa şunday: Özbekiston Osiyo öyinlaridagi rekordini yangilaş uçun 57 ta medal yutişi kerak.

Umuman olganda, quyidagi uç şartlardan neçtasi bajarilganiga qarab, oldindagi Jakarta aziadasidagi iştirokimizga bir qadar xolis baho beriş mumkin:
- umumiy medallar soni 60 taga yetişi (hozirgi rekord – 56);
- oltin medallar soni 15 tadan oşişi (hozirgi rekord şunça);
- umumjamoa hisobi böyiça reytingda 4-örinni oliş (hozirgi rekord – 5-örin 2 marta qayd etilgan).

Tört yil oldin 45ta medal (9 ta oltin) bilan 11-örinni egallaganimizni inobatga olib aytganda, bu uçala şartlardan birortasini bajarişimiz katta söroq ostida turibdi. Ya'nikim, raqamlar Jakartadagi Osiyo öyinlari Özbekiston sporti tarixidagi eng yaxşilaridan biri bölişi ehtimoli kamligini körsatmoqda.

Izoh: Xalqaro Olimpiya qömitasi va Osiyo Olimpiya kengaşi olimpiada va aziada musobaqalarining yakuniy medallar jadvalini rasmiy reyting sifatida tan olmasa-da, an'anaga binoan bunday röyxatni şakllantiradi. Reytingni tuzişda jami sovrinlar miqdori emas, oltin medallar soni asos bölib xizmat qiladi. Misol uçun, 4 yil oldin Özbekiston hisobida umumiy medallar 45 ta bölgani holda 11-öringa, jami 14 ta medalga ega Qatar 10-öringa joylaştirilgan, sababi olimpiyaçilarimiz hisobidagi oltin medallar 9 ta, qatarliklarda 10 ta edi.