Zamonaviy maktabning muhim jihozi sanalgan - maktab yoki sinf doskasi öquv muassasalarida XIX asrda paydo bölgan. Har bir öquvçining yoniga şaxsan keliş örniga endilikda öqituvçilar fanni birvarakayiga butun sinfga tuşuntiriş imkoniyatiga ega bölişdi. Bunday doskalar yoğoçdan tayyorlanib, keyin qora rangga böyalgan. Bu variant özining arzonligi sabab keng tarqaldi.

Keyinçalik rivojlanayotgan sanoat maktablarga plastik va metaldan tayyorlangan doskalarni taklif etdi. Metaldan tayyorlangan bunday maktab jihozi magnitlilik xususiyati sabab, kundalik foydalaniş uçun juda qulay edi. Dastlab bunday doskalar qora böyoq bilan qoplangan – bu rangni boşqasiga özgartiriş haqida heç kim öylab körmagan. Qora fonda oppoq börda yozilgan yozuv aniq körinadi, deya hisoblangan.
Biroq ilm-fan bir joyda turmaydi. XX asrning örtalarida mutaxassislar tasvirlar bilan uzoq işlanganida yaşil rang köz uçun qulay ekanini aniqlaşdi. Töq yaşil rangga böyalgan doskaning sinov partiyasini olgan maktab öqituvçilari bu rang, ayniqsa, quyoşli kunlarda işlaş uçun ança yaxşi ekanini aytişdi.
1960-yillarda yaşil rangdagi maktab doskalari dastlab AQŞ maktablarini “töldirdi”, keyin esa Ğarbiy Yevropaga keltirildi. Keyinçalik yaşil rangdagi maktab doskalari Şarqiy Yevropaga ham kirib keldi. Bugungi kunda qora rangdagi doskalarni hamma yerda ham uçratavermaymiz.











