Respublika bojxonaçilari tomonidan tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib ötilişiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari foş qilindi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati.
Andijon viloyati bojxona boşqarmasi. “Döstlik” çegara bojxona posti hamda Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari respublikamizdan çiqib ketayotgan qöşni davlat fuqarosi H.Yo.ning noqonuniy xatti-harakatlariga çek qöyişdi.

Uşbu şaxs xolislar iştirokida şaxsiy körikdan ötkazilganida, içki kiyimlari orasiga salkam 130 gr. oğirlikdagi tilla taqinçoqlarni yaşirgança, olib çiqmoqçi bölganligi ma'lum böldi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasining xulosasiga köra, yölovçi bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan va bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ma'lum qilinmagan mazkur taqinçoqlarning umumiy qiymati esa 25 mln. 854 ming sömni taşkil qildi.
Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi. Ğiştköprik çegara bojxona postida yurtimizga kirib kelgan respublikamiz fuqarolar Ş.N. va Ş.S.lar zargarlik buyumlarini olib kirişda jirkanç usuldan foydalanişdi. Ya'ni, bojxonaçilarning közini şamğalat qiliş maqsadida tilla taqinçoqlarni içki kiyimlari va jinsiy a'zolariga bekitib, olib ötişga urinişdi.

Xususan, Ş.N.ga qiymati 14,5 mln. sömdan ortiq bölgan jami 167 gr. oğirlikdagi, Ş.S.ga esa 12, 4 mln. sömlik 149 gr. oğirlikdagi zargarlik buyumlarini olib ötiş “nasib” qilmadi.
Toşkent şahar bojxona boşqarmasi. Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari “Boş poçtamt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tilla va zargarlik buyumlarini xorijdan poçta jönatmalari orqali yuborilişiga doir bojxona qoidabuzarligini foş qilişdi.

Rossiyadan Farğona şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro M.M. nomiga yuborilgan poçta jönatmasi belgilangan tartibda bojxona körigidan ötkazilganda, unda tegişli bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan salkam 120 gr. oğirlikdagi 31 dona kumuşdan işlangan taqinçoqlar borligi aniqlandi.
Hozirda zargarlik buyumlari uşbu holatga aniqlik kiritilgunga qadar vaqtinça saqlovga olindi.











