Xususiy aviakompaniyalar badavlat mijozlardan olgan “telbanamo” talablar haqida sözlab berişdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Misol uçun, bir mijoz ot, boşqasi esa boşqa joyga köçib ötiş uçun ikkita samolyot uçun haq tölagan. Yevropadan Amerikaga yöl olgan yana bir mijoz esa uning iti toza havoda sayr qila olişi uçun parvoz vaqtida qöşimça töxtaş amalga oşirilişini söragan.
Yana bir yölovçi gurmanlar uçun buterbrodlar va yangi meva-sabzavotlar buyurtirgan. Bu buyurtmada hammasi risoladagidek tuyulişi mumkin, ammo yeguliklar tötiquş uçun möljallangan bölgan.
Yana bir mijoz 4 ta samolyotni ijaraga olib, oilasi bilan Floridadagi Disney World köngiloçar boğiga yöl olgan. Barça samolyotlar Disney ertaklariga monand bezalgan bölgan.
Şuningdek, samolyot oynasidan çiroyli manzaralar köriş iştiyoqida bölgan mijozlar uçun parvoz yönalişini özgartirişga ham töğri kelgan.
50 yoşini samolyotda tort va şamçalar bilan nişonlaş istagida bölgan bir mijoz uçun samolyot bortiga öt öçiruvçi olişga töğri kelgan, çunki bunday mutaxassissiz bortda oçiq alanga qöllaş mumkin emas.
Şuningdek, it, tötiquş, vino va hattoki uyda qoldirilgan uyali telefon uçun samolyot buyurtiriş holatlari ham uçrab turadi. Yana bir mijoz esa unga Nyu-Yorkdan Çikagoga taom yetkazib beriş uçun samolyot buyurtirgan.
Bir juftlik esa samolyotni 6 soatga band qilgan. Samolyot bortida vino, spa-muolajalar bölgan, taniqli opera qöşiqçisi esa juftlikka qöşiqlar ijro etib bergan. Samolyot bunday “jöşqin” parvozdan keyin havoga kötarilgan şahriga qaytgan.











