Xitoy hukumatining Suriya böyiça maxsus vakili Se Syaoyanning ma'lum qilişiça, Suriyada XXRning harbiy iştiroki haqidagi xabarlar mamlakat «siyosatining buzib talqin qilinişi»dir. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Sönggi paytlarda Xitoy Suriya mojarosida iştirok etişga tayyorgarlik körayotgani haqida OAVda turli xabarlar paydo böldi. Bu Xitoy siyosatining buzib talqin qilinişi. Bu materiallarni e'lon qilgan arab OAV keyinçalik Xitoyning Suriyada harbiy iştiroki yöqligi haqida aniqlik kiritdi. Xitoy mojaroni faqat tinç yöl bilan hal qilişni qat'iy qöllab-quvvatlaydi», - deya ma'lum qildi diplomat.
Uning qayd etişiça, öz sözlarini rasmiy siyosiy bayonot deb hisoblaş mumkin. Şuningdek, Se Syaoyanning qöşimça qilişiça, Xitoy terrorizmning har qanday körinişiga qat'iy qarşi çiqadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Xitoy xorijda yaşovçi uyğurlarni qörqitayotgani ma'lum qilingandi.












