“Tolibon” harakati Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani tomonidan e'lon qilingan bir tomonlama yaraşuvga javob bermagan bölsa-da, 20 avgustda asirda uşlab turgan yuzlab odamlarni qöyib yuborişini ma'lum qildi. Bu haqda TOLO News telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq Ğani kirib kelayotgan Qurbon hayiti şarofati tufayli toliblar bilan 3 oyga öt oçiş töxtatilişini e'lon qilib, “Tolibon”ni ham şunday yöl tutişga çaqirgandi.
Toliblarning tuşuntirişiça, asirlar hayit bayrami quvonçini öz oilalari va yaqinlari bilan birga bölişa olişlari uçun ozod qilinişadi.












