Markaziy bank Boşqaruvi Moliyaviy ommaboplik alyansiga (Alliance for Financial Inclusion) a'zo böliş töğrisida qaror qabul qildi.

Moliyaviy ommaboplik alyansi (MOA) 2008 yili a'zo mamlakatlarga moliyaviy ommaboplik siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, tajriba almaşiş uçun maydon yaratiş orqali bank xizmatlarining dolzarb masalalari böyiça işçi guruhlarini taşkil etiş va öqitiş, iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş va kiçik biznesni moliyalaştirişda kömak beriş maqsadida taşkil etilgan.

MOAga hozirgi paytda 104 institut kirgan bölib, ularning 91tasi dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari (markaziy banklar, moliyaviy regulyatorlar, assotsiatsiyalar)dir. MOA ştab-kvartirasi Kuala-Lumpur (Malayziya) şahrida joylaşgan.

Moliyaviy ommaboplik alyansi Markaziy bankka xalqaro tajribani örganiş va bank xizmatlari ommabopligini va moliyaviy savodxonlik darajasini oşiriş, şuningdek bank xizmatlari iste'molçilarining huquqlarini himoya qiliş böyiça milliy dasturlarni işlab çiqiş uçun yetakçi ekspertlarni jalb qilişda yordam beradi.