Xorazm viloyatining Xazorasp tumanida 21 avgust kuni Jizzax viloyati Döstlik tumanida yaşovçi Q.R. özining boşqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomaşinasini “Ğuzor-Buxoro-Nukus-Qönğirot-Beyneu” yölining 481-km.da haydab ketayotib, şu yönalişda özidan oldinda harakatlanib ketayotgan fuqaro I.M. boşqaruvidagi “MAZ-5334” rusumli avtokranning orqa qismiga urilib, töqnaşuv sodir etgan.
Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Natijada “Kobalt” avtomaşinasi yölovçilari, haydovçining onasi N.R. va uning ayol qarindoşi G.D. jarohat olib voqea joyida halok bölgan, şuningdek qolgan yölovçilar U.Q. va M.K. ismli ayollar turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 22 avgust kuni soat 00:30larda yölovçilardan biri U.Q. kasalxonada vafot etgan.












