Joriy yilda Italiyadan Big Max, Atlantic Giant va Mammoth Gold navlariga mansub jami 600 kilogramm qovoq uruği Özbekistonga olib kelingan.
Uruğlar respublikaning barça hududlaridagi tajriba stansiyalarida jami 150 gektar maydonga ekilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu navlardan har gektar maydon hisobiga örtaça 500 sentner yoki 50 tonnadan hosil oliş kutilmoqda. Umumiy hosil hajmi esa 7,5 ming tonna bölişi prognoz qilingan.
Ayni paytda tajriba maydonlarida yetiştirilayotgan qovoqlarning har biri 25 kilogrammdan 40 kilogrammgaça vazn töplagan.
Şu bilan birga, fermerlarga gigant qovoq navlarini yetiştiriş texnologiyalarini örgatiş işlari ham olib borilmoqda.
Xorazm viloyatining Xonqa tumanida olim iştirokida 312 ta fermer xöjaligi rahbari uçun amaliy seminar taşkil etildi. Unda fermerlarga gigant qovoq navlarini yetiştiriş agrotexnologiyalari böyiça tuşuntirişlar berildi.
Bunday öquv-amaliy seminarlarni Özbekistonning boşqa hududlarida ham davom ettiriş rejalaştirilgan.

















