Prezidentning 14-sentabrdagi «Xorazm viloyatida qattiq maişiy çiqindilarni yoqiş orqali elektr energiyasi işlab çiqariş» investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga köra, loyiha Koreya Respublikasining Green Hammer Co., Ltd kompaniyasi tomonidan amalga oşiriladi. Investor loyiha doirasida xorijiy korxona - loyiha kompaniyasini taʼsis etgan.
Elektr energiyasini sotib oliş va qattiq maişiy çiqindilarni yetkazib beriş böyiça tuzilgan bitimlarga muvofiq, loyiha kompaniyasi işlab çiqarilgan elektr energiyasini 30 yil davomida «Özenergosotiş» AJga kafolatlangan tarzda sotadi. Kompaniya esa elektr energiyasini şu muddat davomida milliy valyutada xarid qiladi.
Şuningdek, loyiha kompaniyasi elektr stansiyasini yagona elektr tarmoğiga ulaş uçun zarur havo elektr uzatiş tarmoqlari va tegişli infratuzilma obyektlarini «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ taqdim etadigan texnik şartlar asosida quradi. Ular işga tuşirilgandan keyin «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga topşiriladi.
Elektr stansiyasi işga tuşirilişidan oldin «Milliy dispetçerlik markazi» DUK va «Özbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ bilan birgalikda stansiyaning mamlakat elektr energetika tizimiga taʼsiri baholanadi. Texnik xulosa asosida stansiyani tarmoqqa ulaşning yakuniy şartlari kelişib olinadi.
Qarorga muvofiq, tegişli agentlik loyiha kompaniyasiga 30 yil davomida qattiq maişiy çiqindilarni kafolatlangan hajmda yetkazib boradi.
Investorning quriliş davridagi majburiyatlari lozim darajada bajarilişini taʼminlaş maqsadida loyiha kompaniyasi 7 mln AQŞ dollari miqdorida birinçi darajali bank kafolatini taqdim etadi.

















