Oybek Abdukarimoviç Kaimxöjayev Xorazm viloyati içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
U içki işlar organlari tizimida köp yillardan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Oçiq manbalardagi maʼlumotlarga köra, Kaimxöjayev Yaşnobod tumani IIO FMB boşliği bölişidan avval mazkur boşqarma boşliğining tezkor işlar böyiça örinbosari lavozimida işlagan.
2021-yil iyunida podpolkovnik Oybek Kaimxöjayev Toşkent şahri Yaşnobod tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği etib tayinlangan.
Şundan buyon u mazkur tuman içki işlar organlariga rahbarlik qilib kelgan. Jumladan, 2025-yil aprelida Yaşnobod tumani hokimligi eʼlon qilgan rasmiy xabarda ham Oybek Kaimxöjayev tuman IIO FMB boşliği sifatida qayd etilgan.
Yangi tayinlovga qadar Xorazm viloyati Içki işlar boşqarmasiga polkovnik Abdumajid Şermuhamedov rahbarlik qilib kelayotgan edi. Içki işlar vazirligining 2026-yil 15-iyulda eʼlon qilingan rasmiy xabarida Şermuhamedov Xorazm viloyati IIB boşliği sifatida körsatilgan.
Oybek Kaimxöjayev va Abdumajid Şermuhamedovning 2021-yildagi tayinlovlari ham bir vaqtda eʼlon qilingan. Öşanda Şermuhamedov Yunusobod tumani IIO FMB boşliği vazifasini bajaruvçi, Kaimxöjayev esa Yaşnobod tumani IIO FMB boşliği etib tayinlangan edi.
Endilikda podpolkovnik Oybek Kaimxöjayev Xorazm viloyati içki işlar boşqarmasiga rahbarlik qiladi.











