Kaşfiyot Xorazm Maʼmun akademiyasi arxeologik ekspeditsiyasining dala tadqiqotlari davomida amalga oşirilgan.

Yodgorlikda toşdan qurilgan yaşiksimon qabrlar qayd etilgan. Ularda jasadlar ğujanak holda dafn etilgan bölib, marhumlar yoniga turli dafn anjomlari, jumladan, bronza buyumlar va munçoqlar qöyilgan.

1
2

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, bunday majmualar qadimgi aholining madaniyati, dafn marosimlari va ijtimoiy tasavvurlari, şuningdek, turli hududlar örtasidagi aloqalar haqida maʼlumot beradi.

Dafn marosimi va ayrim topilmalarning dastlabki tahlili Janubiy Qozoğistonning Sirdaryo havzasida aniqlangan dafn inşootlari bilan muayyan öxşaşliklar borligini körsatgan.

Bu öxşaşliklar bronza davrida Markaziy Osiyoning turli hududlarida yaşagan aholi örtasida madaniy aloqalar va umumiy anʼanalar mavjud bölganidan dalolat berişi mumkin. Biroq yodgorlikning aniq davri va madaniy mansubligi haqidagi yakuniy xulosalar materiallar kompleks örganilganidan söng çiqariladi.

photo_2026-09-04_17-58-07

Hozirda akademiya mutaxassislari ekspeditsiyada töplangan materiallarni dastlabki qayta işlaş va hujjatlaştiriş bilan şuğullanmoqda.

Keyingi bosqiçda qabrlar, inson qoldiqlari va dafn anjomlarini batafsil örganiş, zarur laboratoriya tadqiqotlarini ötkaziş rejalaştirilgan. Natijalar yodgorlik sanasini aniqlaştiriş hamda uning Xorazm va tutaş hududlardagi bronza davri arxeologik madaniyatlari orasidagi örnini belgilaşga yordam beradi.