Şimoliy Koreya mamlakat şimolidagi Soxe raketa poligonini demontaj qilişni töxtatib qöydi. Bu haqda Şimoliy Koreyaning raketa-yadroviy faoliyatini sun'iy yöldoşlardan olingan suratlar asosida kuzatib boruvçi 38 Notrh portali ma'lum qildi. Bu poligonda öz vaqtida “Xvason-15” qit'alararo ballistik raketasi sinovdan ötkazilgan.
Kuzatuvçilarning ta'kidlaşiça, 3 avgustdan poligonda demontaj böyiça birorta ahamiyatli iş olib borilmagan. Avvalroq demontaj qilingan inşootlar qismlari heç qayerga olib çiqib ketilmagan.
Soxeda 24 iyuldan boşlab demontaj işlari boşlangani ma'lum qilingandi. Mutaxassislar sun'iy yöldoşdan olingan ma'lumotlarga asoslanib, işlab çiqariş binosi va raketa dvigatellarini sinaşga möljallangan stend demontaj qilinganini tasdiqlaşgandi.



Soxe Şimoliy Koreyaning boş raketa poligoni (kosmodrom deb ham ataladi) bölib, undan ballistik raketalar uçirilgan. Poligon Xitoy çegarasi yaqinida, Pxenyandan şimol tomon 200 km uzoqlikda joylaşgan.
Poligonning yopilişi AQŞ prezidenti Donald Tramp va Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning Singapurdagi uçraşuvida muhokama qilingani aytiladi.












