22 avgust kuni Indoneziyada XVIII yozgi Osiyo öyinlari davom ettirildi. Bahslarning törtinçi kunida Özbekiston nomidan 10 sport turi böyiça atletlar musobaqalarda qatnaşişdi.

Suziş

100 metrga batterflyay usulida suzgan Artyom Kozlyuk öz guruhida törtinçi natijani qayd etdi va keyingi bosqiçga öta olmadi. Vladislav Mustafin 100 metrga bras usulida suziş böyiça finalda iştirok etdi. 100 metrga bras usulida suzgan Yulduz Qöçqarova öz guruhida uçinçi bölib marraga yetib keldi.

100 metrga brass usulida finalda çiqiş qilgan Vladislav Mustafin oltinçi, huddi şu yönalişning ayollar örtasidagi bahslarida finalda iştirok etgan Yulduz Qöçqarova sakkizinçi örinni egalladi.

Qiliçbozlik

Foto: MOQ axborot xizmati

Hamyurtlarimiz avvaliga Indoneziya jamoasini 45:35 hisobida mağlub etib, çorak finalga yöl olişdi. Biroq, 45:38 hisobida Yaponiya terma jamoasiga yutqazib qöyişdi.

Tennis

Jörabek Karimov
Foto: Abdulloh Fayzullayev

Jörabek Karimov musobaqada ikkinçi raqam ostida saralangan hindistonlik Ramantan Ramkumarni 3:6, 6:4, 6:3 hisoblarida mağlubiyatga uçratdi va keyingi bosqiçga yöl oldi. Denis Istomin esa xitoylik Jang Jijyengni 6:4, 6:3 hisoblarida mağlub etdi va çorak finalga çiqdi.

Akademik eşkak eşiş

Şahboz Xolmurzayev 7:50.21 natija bilan saralaşda eng yaxşi natija körsatdi va finalga yöl oldi. Bahslarda iştirok etgan törtligimiz marraga ikkinçi bölib yetib keldi va töğridan-töğri finalda iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.

Taekvondo

Sardor Toirov yarim final çiptasi uçun keçgan jangda eronlik Mirhaşem Husaynga 9:29 hisobida yutqazib qöydi.

Sardor Toirov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Nikita Rafaloviç finalda taekvondo vatani hisoblangan Janubiy Koreya vakili Xva Jun Li bilan töqnaş keldi va 21:18 hisobida ğalaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.

Nikita Rafaloviç
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Öq otiş

Qizlarimiz Kuznetsova va Mamedova saralaş bosqiçida iştirok etişdi. Afsuski, ular final yöllanmasini qölga kirita olmadilar.

Yunon-rum kuraşi

Bilan Nalgiyev qirğizistonlik Akjal Mahmudovga qarşi bahsda 4:6 hisobida yutqazib qöydi. Bilan Nalgiyev bronza medali uçun ötiş jangida janubiy koreyalik Kim Xyon Voga töqnaş keldi. Jang 0:0 hisobida yakunlandi. Biroq, koreyalik polvon faollik evaziga medal uçun kuraşni davom ettirdi.

Jahongir Turdiyev bronza medali uçun jangda qirğizistonlik Uzur Jusupbekovga 0:2 hisobida yutqazib qöydi va bronza medalidan quruq qoldi

Rustam Assakalov finalda eronlik Nuri Hussaynga qarşi jang ötkazdi va 1:6 hisobida yutqazib qöydi. Terma jamoamiz uçun yana bir kumuş medali.

Möminjon Abdullayev oltin medal uçun bahsda qozoğistonlik Nurmakan Tinaliyevga qarşi gilamga çiqdi va 8:0 hisobida ğalaba qozonib, oltin medal sohibiga aylandi.

Velosport 

Guruh poygalarida 104 km masofaga startga çiqqan Rinata Baymetova 21 nafar sportçi içida marraga 12-bölib yetib keldi.

Sport gimnastikasi

Yigitlarimiz finalda sakkiz jamoa içida 229 ball jamğarib, yettinçi örindan joy olişdi.

Oğir atletika

Doston Yoqubovda kumuş medal. U dast kötarişda 145, siltab kötarişda esa 186 kg toşni öziga böysundirdi. Umumiy hisobda esa 331 kg natija qayd etdi va ikkinçi böldi.

Törtinçi kun musobaqalaridan keyin Özbekiston delegatsiyasi jami 14 medal (3-5-6) jamğargan holda umumiy reytingda 9-örinni egallab turibdi.