Oliy Majlis Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev, Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, Qonunçilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat taşkilotlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qömitasi raisi A.Saidov va madaniyat vaziri örinbosari K.Oqilovalardan iborat Özbekiston delegatsiyasi ayni damda Fransiya xizmat safarida. 

Taşrif davomida Özbekiston delegatsiyasi YuNeSKO boş direktori örinbosari Sin Tsyuy va Taşkilot rahbari örinbosari Ernesto Ramires bilan muzokaralar ötkazdi. Muzokaralar davomida ular Özbekistonning barça sohalarida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar bilan taniştirildi. 

Şuningdek tomonlar örtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi. Tadbirda Özbekiston qator yönalişlar böyiça YuNeSKO bilan hamkorlikka katta e'tibor qaratayotgani qayd etildi. Ayniqsa, soğliqni saqlaş va respublika madaniy-tarixiy merosini saqlaş hamda rivojlantiriş yölidagi hamkorlik alohida ta'kidlandi. 2018 yilning sentabr oyi boşida YuNeSKO şafeligi ostida Şahrisabzda ötkaziladigan I Xalqaro Maqom forumi bunga yaqqol misol böla oladi. 

Fransiya tomon Özbekistonda ta'lim, ilm-fan va madaniyat sohasida amalga oşirilayotgan işlarni yuqori baholadi hamda istiqbolli loyihalarni amalga oşirişda Özbekistonni qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini bildirdi, zero bu işlar YuNeSKO global missiyasi asosini taşkil qiladi. 

Uçraşuv yakunlariga köra, amaliy natijalarga yönaltirilgan qator aniq çora-tadbirlar bilan birga "Mamlakat dasturi" qöşma implementatsiyasini qabul qilişga doir kelişuvga erişildi.