Özbekiston olimpiya terma jamoasi yana bir bor yirik hisobda ğalaba qozonib, çorak final yöllanmasini qölga kiritdi. Bu safar Hongkong olimpiyaçilari 3:0 hisobida taslim etildi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

27-daqiqada Özbekiston termasida burçak zarbasi tepiş imkoni tuğildi. Raqib jarima maydoni markaziga uzatilgan töpni darvozabon muşti bilan urib yubordi. Çap qanotda töpga birinçi bölib yetib kelgan Aliboyev dastlab ikki himoyaçini biroz çalğitişga urinib, söng jarima maydoni çiziği yaqinidan yöllagan çiroyli zarbasi bilan hisobni oçdi. Eslatib ötamiz, guruh bosqiçidagi har uçala öyinda ham birinçi gol Zabihillo Örinboyev tomonidan kiritilgan edi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

60-daqiqada Maşaripovning zarbasidan söng darvozabon qaytargan töpni Hamdamov jarima maydoni markazida böş turgan Sidiqovga aniq uzatdi. Javohirning töpni töxtatmasdan yöllagan zarbasi hongkonglik himoyaçining oyoqlari orasidan ötib, darvoza töriga borib tuşdi.

Oradan beş daqiqa ötar-ötmas Doston Hamdamov yana bir golga assistentlik qildi. Bu safar uning boş bilan uzatgan töpini Örinboyev ham boşi bilan darvozaga töğrilab qöydi – 3:0. Bu Zabihilloning musobaqadagi törtinçi goli böldi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Şu tariqa, Ravşan Haydarov boşçiligidagi Özbekiston olimpiyaçilari çorak final yöllanmasini qölga kiritdi. Navbatdagi raqib nomi bugun Toşkent vaqti bilan soat 17:30 da boşlanadigan Eron – Janubiy Koreya bahsidan söng ma'lum böladi.

Osiyo öyinlari, nimçorak final
ÖZBeKISTON OTJ – HONGKONG OTJ – 3:0 (1:0)
Gollar: Aliboyev (27), Sidiqov (60), Örinboyev (65)
Özbekiston: 1.Botirali Ergaşev, 2.Rustam Aşurmatov, 20.Doston Tursunov, 4.Akrom Komilov, 5.Abbos Otaxonov, 7.Odilbek Hamrobekov, 14.Ikromjon Aliboyev, 6.Jaloliddin Maşaripov (11.Bobur Abdixoliqov, 71), 17.Dostonbek Hamdamov, 10.Javohir Sidiqov (16.Doniyor Nazrullayev, 71), 9.Zabihillo Örinboyev (S, 19.Andrey Sidorov, 79).
Hongkong: 1.Ho Çun Yun, 3.Uang Kit Tsui, 4.Hok Ming Lau (S), 5.Vasudeva Das Lilley Nunez, 6.Çun Lok Tan, 8.Remi Dujardin (17.Hyu Çung Lau, 46), 9. Vay Keyung Çung, 10. Ka Vay Lam (13.Ho Ming Yu, 72), 12.Çun Ming Vu, 15.Puy Hong Yu, 18.Jorj Tarres Paramo (14.Long Hin Tse, 73). 
Ogohlantiriş: Jorj Tarres Paramo (45+1)
Çetlatiş: Puy Hong Yu (43)
Boş hakam: Sulton Abdulrazzoq Al-Marzuqi (BAA)