23-24 avgust kunlari Indoneziya maydonlarida Osiyo öyinlarining futbol musobaqasida pley-off öyinlari bölib ötadi.

«V» guruhi yetakçisi sifatida keyingi bosqiçga yöl olgan Özbekiston olimpiya terma jamoasiga çorak final yölida Hongkong olimpiyaçilari raqib böladi. Eslatib ötamiz, Ravşan Haydarov murabbiyligidagi jamoa guruh bosqiçida 10 ta gol kiritib, öz darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.

Hongkong «A» guruhida 3-örin bilan pley-offga çiqdi (3-örinni egallagan 6 jamoa içida eng yaxşi körsatkiçni qayd etgan). Jamoa dastlabki ikki öyinida autsayderlarni mağlub etib (Laos – 3:1, Xitoy Taypeyi – 4:0), guruhda 2-örinni olgan Falastin bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Sönggi turda esa beşlik ğolibi Indoneziyaga imkoniyatni boy berdi – 1:3.

Özbekiston – Hongkong uçraşuvi Bekasi şahridagi «Sikarang» stadionida, bugun Toşkent vaqti bilan soat 14:00 da boşlanadi. Bahsning muzaffar jamoasi çorak finalda 26 avgust kuni Eron – Janubiy Koreya juftligi ğolibi bilan röbaro‘ keladi.

OSIYo ÖYINLARI
Nimçorak final

23 avgust
14:00. Falastin – Suriya
14:00. Özbekiston – Hongkong
17:30. Vetnam – Bahrayn
17:30. Eron – Janubiy Koreya

24 avgust
14:00. Xitoy – Saudiya Arabistoni
14:00. Indoneziya – BAA
17:30. Malayziya – Yaponiya
17:30. Bangladeş – KXDR

Öyinlar boşlanişi Toşkent vaqti bilan körsatilgan.