Xorazm viloyati bojxona boşqarmasi «Şovot» çegara bojxona posti xodimlari qimmatbaho metall va qimmatbaho toşlardan yasalgan zargarlik buyumlarini noqonuniy harakatlanişi bilan boğliq huquqbuzarlikni foş etişdi.
Bojxona qömitasi matbuot xizmati bergan xabarga köra, «Şovot» çegara bojxona postining kiriş yönalişida harakatlanayotgan qöşni davlat fuqarosi Ş.M boşqaruvida bölgan «Toyota Corolla» rusumli avtomaşina salonida bölgan paket içidagi buyumlar nazorat rentgen apparatidan ötkazilganda, paket içidagi paypoqlar orasida kumuşdan yasalgan ayollar taqinçoqlari borligi aniqlandi.
Haydovçi uşbu taqinçoqlar öziga tegişli emasligini, notaniş şaxsning iltimosiga binoan paypoqlarni olib ötayotgani, ammo ularning içida taqinçoq borligini bilmasligini ma'lum qilgan.

Bojxona nazoratidan yaşirilgan kumuş metalldan yasalgan jami oğirligi 119 gramm bölgan ayollar kumuş taqinçoqlari haqiqatdan haydovçiga emas, balki qöşni davlat fuqarosi Z.A. tegişli ekani ma'lum böldi.
Ma'lumot uçun, ayrim turdagi tovarlarning bojxona tölovlari undirilmasdan olib kiriş me'yorlariga asosan, jismoniy şaxslar özlari bilan bojxona çegarasi orqali 65 grammgaça bölgan qimmatbaho taqinçoqlarni bojxona tölovlarisiz olib ötişlari mumkin.
Şu sababli, fuqaro Z.Aga bojxona nazorati vaqtida aniqlangan ayollar taqinçoqlaridan 65 grammi qaytarib berildi va qolgan 54 grammiga qonuniy çora köriş uçun hujjatlar rasmiylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasining xulosasiga köra, uşbu ayollar taqinçoqlari kumuş taqinçoqlar deb topildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.











