Telegram terrorizmda gumonlanayotgan foydalanuvçilar haqidagi ma'lumotlarni oşkor qiladi. Bunda ma'lum bir foydalanuvçi terrorçilik faoliyatida gumonlanayotgan bölişi va sud qarori taqdim etilişi lozim. Qoidaga köra, Telegram Federal xavfsizlik xizmati talab qilganidek şifrlaş kalitlarini bermaydi.
Ilgari Telegram qoidalarida messenjer «uçinçi şaxslarning şaxsiy ma'lumotlarini, heç kimga, jumladan, hukumatga ham bermaydi» degan band bor edi va hozirda uşbu band olib taşlandi.
2017 yil iyunda Roskomnadzor Telegram’ni axborot tarqatişni taşkil etuvçilar röyxatiga kiritgandi. Keyinroq FXX Peterburgdagi teraktni sodir etişda ayblanayotganlarning yozişmalarini öqiş uçun xabarlarni şifrlaş kalitlarini talab qilgandi. Kompaniya bu talabni rad etgaç, sud Telegram’ga 800 ming rubl jarima soldi, 2018 yil 13 aprelda esa messenjer Rossiya hududida bloklandi.
Kompaniya rahbari Pavel Durovning aytişiça, Telegram yangi qoidani GDPR - Yevropada foydalanuvçilar ma'lumotlarini himoya qiliş böyiça yangi qabul qilingan qonunga muvofiq bölişi uçun joriy etgan.
Durov bu borada Rossiya hukumati bilan hamkorlik qilmasligini bildirgan.
Rossiyada Telegram’dan sud qarori böyiça terrorçilarning telefon raqamlari va IP-manzillarini emas, balki barça foydalanuvçilarning xabarlariga kira oliş imkonini berişni talab qilişmoqda.












