Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartiriş va yanada optimallaştiriş çoralari töğrisidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonda ta'kidlanişiça, idoralararo kollegial organlarni taşkil etiş va tarqatişning aniq tartibi mavjud emasligi oqibatida juda köplab uşbu turdagi organlar paydo bölgan. Bu esa, öz navbatida, davlat boşqaruvining byurokratiyalaşuviga, ma'muriy tuzilmalarning kengayib ketişiga, byudjyet xarajatlarining oşişiga olib kelgan, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Farmonga muvofiq jami 81ta turli idoralararo komissiyalar, işçi guruhlar tugatilib, ularning vazifalari tegişli vazirlik va idoralarga ötkazildi.
Masalan, Kadrlar tayyorlaş böyiça milliy dasturni amalga oşiriş Respublika komissiyasi tugatilib, uning vazifalari Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligiga ötkazildi. Xuddi şunday Huquqiy tarğibot va ma'rifat böyiça davlat organlari işlarini muvofiqlaştiriş böyiça Idoralararo kengaş ham tugatildi, unga yuklatilgan vazifalarini endi Adliya vazirligi amalga oşiradi.
Bundan taşqari 25ta turli xil idoralararo komissiyalar işi qayta körib çiqilib, optimallaştiriladi.
Endilikda, Respublika darajasidagi idoralararo organlarni taşkil etiş qonunlar, prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari asosida amalga oşiriladi. Uşbu organlar davlat idoralariga yuklangan vazifalarni bajarişda yordam beruvçi maslahat organi vazifasini bajaradi.












