Ikkilamçi bozordagi eng qimmat kvartiralar Toşkent şahrida – ğiştli kvartiralarning örtaça narxi 705 dollar/kv. metr, panel kvartiralar narxi 570 dollar/kv. metr. Eng arzon kvartiralar Jizzaxda ğiştli kvartiralarning örtaça narxi – 191 dollar/kv. metr va Qoraqalpoğiston Respublikasida panel kvartiralar narxi – 186 dollar/kv. metr.

«OLX Köçmas mulk» tahliliy ma'lumotlariga asosan, ekspertlar ikkilamçi bozordagi kvartiralarning örtaça narxlarini xisoblab çiqişdi. Toşkent şahridan keyin kvartira sotib oliş Samarkandda qimmatroq – ğiştli kvartiralar 505 dollar/kv. metr va panel kvartiralar 465 dollar/kv. metr.

Ikkilamçi bozordagi ğiştli kvartiralarning örtaça narxi (ş.b.):

Ikkilamçi bozordagi panel kvartiralarning örtaça narxi (ş.b.):

Şu vaqtning özida, Toşkentdagi eng qimmat kvartiralar Mirobod tumanida, eng arzoni esa Bektemir tumanida bölib, tegişli ravişda 1 kv.metr uçun 814 dollar va 420 dollarni taşkil etadi.

Iyul oyida ikkilamçi bozorda eng köp sotilgan kvartiralar 2 va 3 xonali bölib, ularning uluşi tegişli ravişda 37 foiz va 32 foizni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda eng yuqori iş haqiga ega bölgan Top 5 soha ma'lum qilingandi.