AQŞ ma'muriyati Kubadagi Guantanamo turmasiga IŞIDning bir neça jangarilarini joylaştirişi mumkin. Bu haqda NBC telekanali ma'lum qildi.

Telekanal ma'lumotlariga köra, Guantanamoga noma'lum muddatga IŞIDning “öta xavfli” terrorçilari qamalişi mumkin. Şu bilan birga öz davlatlari qabul qilişni istamagan kamroq ahamiyatdagi jangarilar Iroqdagi turmalarga jönatiladi.
 
Telekanalning ta'kidlaşiça, Kubadagi turmaga joylaştirilişi mumkin bölgan ilk mahbuslar orasida Buyuk Britaniya fuqarolari, IŞIDning “Bitlz” nomi bilan ma'lum bölgan guruhi a'zolari – Amon Koti va Al Şafi aş-Şayx bölişi mumkin.

“Bitlz” guruhi Buyuk Britaniyaning 4 fuqarosidan taşkil topgan bölgan. Guruh yetakçisi “Jihodçi Jon” kabi ma'lum bölgan Muhammad Amvazi bölgan. U 2015 yilda dron yordamida yöq qilingan.  

Bu guruh 2014 yildan 2015 yilgaça davr içida 20 ga yaqin xorijiy asirni, jumladan amerikalik jurnalistlar Jyeyms Fouli va Stiven Sotlofni qatl etgan.