Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida bölib ötayotgan XVIII yozgi Osiyo öyinlarining 31 avgust kunidan örin olgan musobaqalarida 22 nafar sportçilarimiz yakkalik va jamoa holda 7 sport turi böyiça bahs olib borişadi.
Musobaqalar, ularning Toşkent vaqti bilan boşlaniş soatlari hamda unda iştirok etuvçi sportçilar bilan taniştiramiz.
Sambo
- A.Rahmatullayev. 52 kg. Final. 13:00
- N.Gulova. 48 kg. Final. 13:00
Dzyudo. 07:00 – 10:00, 14:00 – 16:00
- N.Yuldaşeva. -78 kg. Saralaşdan – finalgaça.
- Rinata Ilmatova. +78 kg. Saralaşdan – finalgaça.
- Ş.Sobirov. -90 kg. Saralaşdan – finalgaça.
- Ş.Jörayev. -100 kg. Saralaşdan – finalgaça.
- B.Oltiboyev. +100 kg ortiq. Saralaşdan – finalgaça.
Boks.
- J.Latipov. Yarimfinal. 12:00
- Ş.Abdurasulov. Yarimfinal. 12:30
- B.Baturov. Yarimfinal. 13:15
- H.Dösmatov. Yarimfinal. 16:00
- M.Mirzahalilov. 16:45
- I.Xoldorov. 17:00
- I.Madrimov. 17:45
Velosport-trek
- A.Izmaylov, X.Xolmuratov. Final. 12:08
Baydarka va kanoeda eşkak eşiş
- A.Guliyev, E.Mamadaliyev. Ikkitalik. S2 × 200 m. Saralaş. 08:10
- O.Umaraliyeva. Yakkalik K1 × 200 m. Saralaş. 07:20
- D.Rahmatova. Yakkalik S1 × 200 m. Saralaş. 07:00
Suvga sakraş
- D.Botirov. 3 metrdan sakraş. Saralaşdan – finalgaça. 11:55
Triatlon
- A.Hakimova. Individual standart. Final. 05:30 – 08:00
30 avgust kuni bölib ötgan musobaqalarda Özbekiston delegatsiyasi 8 ta medalni qölga kiritdi.
Kanoeda 1000 metr masofaga eşkak eşişda özbekistonlik tajribali sportçi, Osiyo öyinlarining 3 karra ğolibi Vadim Menkov tengsiz bölib, törtinçi çempionlikni tantana qildi.
Kanoeda eşkak eşiş böyiça Dilnoza Rahmatova va Nilufar Zokirova juftligi ayollar örtasida 500 metr masofaga ötkazilgan bahslarda marraga ikkinçi bölib yetib kelişdi va kumuş medallar bilan taqdirlanişdi.
1000 metr masofaga juftlik bahslarida startga çiqqan Şahriyor Mahkamov va Şohruhbek A'zamov marraga uçinçi bölib yetib keldi va bronza medaliga sazovor bölişdi.
1000 metr masofaga kanoeda eşkak eşgan Nurislom Töxtasin öğli va Serik Mirbekov juftligi ham Özbekiston hisobiga navbatdagi bronza medalni qöşib qöyişdi.
Dzyudo bahslarida -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyazova bronza medal olişga muvaffaq böldi.
Kuraş musobaqasida -78 kg vazn toifasidagi Kumuş Yöldoşeva finalda möğulistonlik Otgon Munktsetseg bilan bellaşdi va ğalaba qozonib, Osiyo öyinlari çempioniga aylandi.
Vakillarimiz Yahyo Imomov va Şermuhammad Jandriyev örtasidagi final bahs Jandriyevning 11:10 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi va ular oltin va kumuş medalga ega bölişdi.
30 avgust kuni qölga kiritilgan 8 medal evaziga Özbekiston delegatsiyasi 53 medal bilan oltinçi öringa joylaşdi. Ayni vaqtda Özbekiston hisobida 15 oltin, 19 kumuş va 19 bronza bor.












