Mamlakatda turizm va temir yöl infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida respublika hududida mavjud oliygohlardan birining bazasida yangi fakultet oçilişi yoxud oliy ta'lim muassasasi taşkil etilişi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
29-30 avgust kunlari Jizzax viloyatida bölib ötgan Xalqaro investitsion forumda Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi viloyatning Baxmal va Zomin tumanida amalga oşirilişi kutilayotgan turizm klaster loyihasi bilan tanişib çiqib, tegişli memorandumni imzolagan. Unga köra, Toşkent, Samarqand viloyatlari va Toşkent şahri temir yöl infratuzilmasini yaxşilaş nazarda tutiladi. Şuningdek, muhandislar va kadrlar boşqaruvi sohasida yangi xodimlarni yetkazib beruvçi zamonaviy oliygohni oçiş masalasi ham ijobiy hal etilgan.
Jizzax viloyati hokimi örinbosari Uluğbek Egamovning aytişiça, hokimiyat vakillari Xitoyning Tyantszin şahri vakillari bilan aloqa örnatib, şahardagi Gaoşen oliygohining filialini Jizzaxda taşkil etiş böyiça muzokaralarni olib borişmoqda.
Bundan taşqari, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan çiquvçi va kirib keluvçi poyezdlarga xizmat körsatiş xizmatiga ega logistika markazlari ham qurilişi rejalaştirilmoqda.
Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd kompaniyasi esa past qavatli, bir relsga ega şahar içida harakatlanuvçi transportni yetkazib beriş böyiça memorandumni imzolagan.











