Foto: LG

Yangi sovutgiç modeli lol qoldiruvçi samaradorligi, original dizayn va uzoq muddat xizmat qilişiga doir işonçli kafolati bilan farq qiladi

Berlin, 2018 yil 30 avgust — LG Electronics (LG) kompaniyasi IFA 2018 körgazmasida quyi qismida muzlatgiç kamerasi bölgan yangi sovutgiç bilan navbatdagi marralarni zabt etiş istagida. Ilğor model özining energiya samaradorligi, işonçliligi va köplab qulay funksiyalari bilan bozordagi eng yaxşilaridan biri hisoblanadi. Bu sovutgiç, şuningdek sohada içki kompressor uçun 20 yillik kafolat muddatiga ega bölgan ilk sovutgiçga aylandi. U Centum System texnologiyasi tufayli uzoq yillar mobaynida zamonaviy va samarador sovutgiç qidirayotgan iste'molçilar uçun tabiiy tanlovdir.

Bu ustunliklarga mijoz istaklarini aks ettiruvçi dinamik qarorlarni şakllantiriş uçun qator ilğor texnologiyalarni integratsiya qiliş hisobiga erişiladi. Sovutgiç yuragi — liniyali LG invertor liniyali (LG Inverter Linear Compressor) kompressori bölib, oddiy kompressordan 32 foiz samaraliroqdir. Bu va yana boşqa qator samarali funksiyalar quyi muzlatgiç kamerali sovutgiçning energiya iste'molini qisqartiriş hamda A +++ - 40 reytingini taqdim etiş imkonini beradi. Bu sovutgiçning A+++ tasnifidagi sovutgiçlar bilan taqqoslaganda 40 foiz kamroq energiya iste'mol qilişini va elektr energiyasi hisobidan tejaş mumkinligini anglatadi.

Foto: LG

Ilğor invertor liniyali kompressori (Inverter Linear Compressor) ham işonçlilik va uzoq xizmat qiliş muddatini sezilarli yaxşilaydi. Mahsulotni jiddiy sinovdan ötkaziş şaroitlari şuni körsatdiki, LG invertorli liniya kompressori (Inverter Linear Compressor) örnatilgan Centum System sovutgiçi kunlik foydalaniş natijasida kamroq uringan va amortizatsiyasi ham yaxşi saqlangan. Şuning barobarida 25 foiz kamroq şovqin* çiqargan. Tadqiqot, şuningdek sovutgiçning asosiy texnologiyasi örtaça xizmat muddati taxminan 20 yillar atrofida ekanini körsatdi, bu esa, raqobatçilarning mahsulotlaridan ança yuqori körsatkiçdir.

Quyi muzlatgiç kamerali yangi Centum System sovutgiçi, şuningdek mahsulotlarning sarxilligini ta'minlay oladigan texnologiyalar bilan jihozlangan bölib, bu LG kompaniyasining mijozga yönaltirilgan falsafasini nazariyadan amaliyotga aylantiradi. Linear Cooling™ funksiyasi harorat özgarişini ±0,5˚C da saqlaydi.  Fresh Balancer va Fresh Converter texnologiyalari esa, har bir oziq-ovqat mahsulot namligi va haroratini saqlaşda foydalanuvçilarga sodda nazoratni taqdim etaddi. Bundan taşqari, DoorCooling+™ texnologiyasi sovutgiçning yuqori qismidagi sovuq havoning aylanişini ta'minlab, eşikdagi savatçalar kabi qismlarida ham bir xil harorat bölişiga imkon beradi. Zamonaviy ilğor texnologiyalarni özida mujassamlaştirgan ajoyib dizaynerlik yeçimlari sababli quyi muzlatgiç kamerali Centum System sovutgiçi jozibali qora noşaffof va zanglamas pölatli işlanmasi bilan faxrlana oladi. Eşikdagi metall qoplamali sensorli displey va içki qismining butunlay metalldan işlangani ulkan nafislikka öziga xos uyğunlik baxş etadi.

Foto: LG

«LG kompaniyasi quyi muzlatgiç kamerali sovutgiçni işlab çiqariş borasida uzoq vaqt işladi. U nafaqat energiya iste'moli körsatkiçlari va uzoq xizmat qiliş borasida, balki dizaynda ham yangi me'yorlarni örnatişi kerak edi. Quyi muzlatgiç kamerali Centum System sovutgiçi — uşbu işning eng yuqori nuqtasidir, — deydi LG Electronics and Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Song De-xun (Song Dae-hyun). — Bizning quyi muzlatgiç kamerali Centum System premium toifasidagi sovutgiçimiz yuqori tasnifli sovutgiçlar bozoridagi LG örnini mustahkamlaşga xizmat qiladi».

31 avgustdan 5 sentabrgaça bölgan vaqt mobaynida IFA 2018 körgazmasida iştirok etayotgan LG kompaniyasining Berlindagi Messe markazida joylaşgan 18 pavilonida quyi muzlatgiç kamerali yangi sovutgiçni va boşqa yangi xöjalik texnikalarini köriş imkoniga egasiz.

Reklama huquqi asosida