Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda öz oldiga yoş bolani ötkazib qöyib, maşina haydab ketayotgan ayol tasvirlangan video tarqaldi.
Videodan köriş mumkinki, maşina boşqaruvidagi ayol öz oldiga yoş bolani ötkazib qöyib, pista çaqib ketgan va pöçoqni oynadan taşlagan.
Haydovçining yoş bolani nega oldiga ötkazib qöygani haqidagi savoliga ayol baqirgan va uni «terpila» deb atagan. Şu bilan birga, u örta barmoğini ham körsatişga ulgurgan.
Poytaxt IIBBdan xabar berişlariça, videoda tasvirlangan ayolga nisbatan çoralar köriladi. Hozirda Toşkent şahar IIBB YHXB ayolning şaxsini aniqlaş bilan şuğullanmoqda.
«Yöl harakati qoidalariga köra, 12 yoşgaça bölgan bolalarni mototsiklning orqa örindiği, yengil avtomobilning old örindiğida bolalarni uşlab turuvçi maxsus vositalarsiz olib yuriş taqiqlanadi. Özbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 128-moddasida odamlarni taşiş qoidalariga rioya qilmaganlik uçun eng kam iş haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima solişga sabab böladi. Biroq, bu uşbu qoidabuzarlik birinçi marta sodir etilsa röy beradi. Xuddi qoidabuzarlik uç barobar yoki undan ortiq ma'muriy javobgarlik qöllanilganidan keyin bir yil mobaynida takroran sodir etilsa eng kam iş haqining tört barobari miqdorida jarima yoki transport vositasini olti oyga boşqariş huquqidan mahrum qilişga olib keladi», - deyiladi IIBB xabarida.
Bundan taşqari, Yöl harakati qoidalari aniq belgilab qöyilganki, haydovçi xavfsizlik kamarini taqişi kerak. Haydovçilar tomonidan transport vositasini boşqariş çoğida xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya qilmaslik eng kam iş haqining beşdan bir qismi miqdorida jarima solişga sabab böladi (Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 125-moddasi).











