Namangan viloyati Namangan şahridagi 9,9 gektar maydonda taşkil etilgan «Orzu» kiçik sanoat zonasida umumiy qiymati 142,3 milliard sömlik 22ta loyihadan 74 milliard sömlik 10ta loyiha işga tuşirildi.
Jumladan, Mustaqillik bayrami arafasida yengil sanoat, oziq-ovqat, kimyoviy mahsulotlar işlab çiqariş yönalişidagi «Orzu Ideal tekstil», «Porloq tekstil liboslari», «Söğdiyona fayz tekstil», «Kvarts sanoat servis», «Bosir tekstil servis», «Uluğ-B», «Universal Food Trade», «Mega eko plast», «Nurobod sifat tekstil», «White gold towel textile» korxonalari öz faoliyatini boşlab, 1100dan ziyod yangi iş örinlari yaratildi.

Korxonalarning yillik işlab çiqariş hajmi 82,2 mlrd sömni taşkil etib, 6,2 mln dollarlik mahsulotlar eksport qiliş közda tutilgan.
Ma'lumot uçun, uşbu sanoat zonasi mamlakat prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan taşkil etilgan.




















