Namangan viloyatida 23-avgust kuni dam oluvçilar ötirgan ikkita kater töqnaşib ketdi.
Kun.uz manbasiga köra, holat Sirdaryo daryosining Töraqörğon tumanidan ötgan hududida yuz bergan.
Taʼkidlanişiça, hududdagi dam oliş maskani mehmonlarini aylantirib yurgan ikkita kater köprik tagida töqnaşib ketgan. Hodisa oqibatida ikki kişi halok bölgani aytilmoqda.
Tahririyatga kelib tuşgan tasvirlarda qutqaruv nimçasini kiygan odamlar suvda oqib ketayotgani, katerdagilar ularni qutqarişga harakat qilayotgani körinadi.
Hozirça hodisa yuzasidan tegişli taşkilotlar rasmiy izoh bergani yöq.
Namanganda ikkita kater töqnaşib ketdi
15:19 / 24.08.202618 2401 min
Holat 23-avgust kuni Sirdaryo daryosining Töraqörğon tumanidan ötgan hududida yuz bergan. Hodisa oqibatida ikki kişi halok bölgani aytilmoqda.

















