Namangan viloyati Uçqörğon tumanida amalda faoliyat yuritmagan maktabgaça taʼlim taşkilotlarini rasmiylaştirib, 1,3 mlrd sömlik subsidiya mablağlarini özlaştiriş holati aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Departamentning Uçqörğon tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda tuman maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi masʼul şaxslari va boşqalar özaro til biriktirgani aniqlangan.

Ular Mehnatobod va Dehqonobod mahallalaridagi xonadonlarda maktabgaça taʼlim taşkilotlarini davlat röyxatidan ötkazgan. Biroq mazkur MTTlar amalda faoliyat yuritmagan.

Şunga qaramay, rasmiy hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritilib, uşbu taşkilotlarga 1,3 mlrd sömlik subsidiya mablağlari ajratilgan. Uşbu mablağlar özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) va 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.