23 iyul kuni kunning ikkinçi yarmiida Namangan viloyati Yangiqörğon tumanida döl yoğdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarda döl kuçli bölgani, yöllar deyarli oq rang bilan qoplanganini köriş mumkin.
Hodisa vaqtida yöllarda transport vositalari harakatlanişi qiyinlaşgan, mevali daraxtlarga zarar yetgan.
«Özgidromet» xabariga köra, bu hodisa qöşni Qirğizistondan konvektiv dölli bulut kirib kelişi natijasida sodir bölgan. Hududda soat 12:29 dan 12:34 gaça bölgan vaqt oraliğida döl yoğişini töxtatiş va qişloq xöjaligi mahsulotlarini uning salbiy ta’siridan himoya qiliş maqsadida 18 dona «Alazan-6» dölga qarşi vositalaridan foydalanilgani ma’lum qilindi.

«Alazan-6» – bu qişloq xöjaligi ekinlari, boğlar va tokzorlarni kuçli döl yoğişidan himoya qiliş uçun möljallangan 82 mm kalibrli maxsus dölga qarşi raketa hisoblanadi. Bunday raketalar döl hosil qiluvçi bulutlarning eng yuqori qismiga uçiriladi. Ular bulut içida maxsus reagent (köpinça kumuş yodid) sepadi. Bu jarayon döl donalari ösişini töxtatib, ularni yomğirga yoki mayda, xavfsiz qor zarralariga aylantiradi.
Namangan viloyatida bundan oldin ham dölga qarşi vositalar qöllangandi. Xususan, 1, 11 va 12 may kunlari jami 57 dona «Alazan-6» dölga qarşi vositasi qöllanib, döl jarayoni zaiflaştirilgan.












