Namangan viloyati hokimi Şavkat Abdurazzoqov Mustaqillik bayrami arafasida yangi obyektlarni işga tuşiriş marosimida davlat rahbari bilan teleköprik orqali muloqot qilarkan, viloyatda elektr energiyasi uzilişlari “odamlarning esidan çiqib ketgani”ni aytdi.

“Bugun biz Uyçi tumanining eng çekka, Qirğiziston bilan çegaradoş qismida sizning taşabbusingiz bilan qurilgan 200 MWli, 200 mln dollar qiymatdagi energiya saqlaş tizimida turibmiz.

Hamma bitta narsaga amin bölib qaytaryapti: Özbekistonda, Namanganda “elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan çiqib ketdi. Mana, hurmatlik prezidentimiz, [bu] sönggi yillardagi eng katta islohotlarning natijasi, degan işonç hosil qilindi. Çunki Namanganning özida ikkita 500 MWlik quyoş elektr stansiyasi, Uçqörğon, Norin, Uyçi tumanlarida 300 MWga yaqin GESlar qurilişi, Pop tumanida yana 200 MWlik quriliş aytilgan gaplarning isboti”, – dedi Abdurazzoqov.

Rasmiy maʼlumotlarga köra, joriy yil iyun-iyul oylarida Özbekiston energotizimida 4 mingga yaqin avariya sodir bölib, aholi va tadbirkorlar 8-10 soatgaça elektrsiz qolgan.