Özbekiston Respublikasi prezidenti “Xalq ta'limini boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan belgilab qöyilişiça, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda:

tegişli fanni öqitiş böyiça bilim va könikma darajasini – pedagoglar malakasini aniqlaşning asosiy mezoni sifatida belgilab, umumta'lim muassasalarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan ötkaziş tartibini qayta körib çiqadi;

pedagogik mahorat va bilim darajasini doimiy oşirib borişga kömaklaşuvçi ilğor xorijiy tajribani hisobga olgan holda, xalq ta'limi tizimi xodimlarining bilim darajasiga oid malaka toifalari va talablarini takomillaştiriş böyiça aniq takliflar kiritadi;

umumta'lim muassasalari reytingini tuziş maqsadida ularning faoliyati samaradorligini baholaş mezonlari tasdiqlanadi;

öquvçilarning bilim darajasini baholaş böyiça xalqaro dasturlar va tadqiqotlarda (PISA, TIMSS, PIRLS va boşqalar) umumta'lim muassasalari öquvçilarining iştirokini taşkil etadi.