Britaniyaning M&C Saatchi agentligi Özbekiston hukumatiga mamlakat brendini yaratiş va respublika investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş uçun kommunikatsion kompaniyasini işga tuşirişni taklif qilmoqda.

Kompaniya yagona strategiyasini işlab çiqişni taklif etmoqda, bu haqda M&C Saatchi taqdimot materiallarida aytiladi. Ular Kun.uz’da mavjud. Mutaxassislarning fikriça, strategiya turizm, investitsiyalar va islohotlar strategiyasi uçun birdek samarali böladi, sababi Özbekistonning köplab vazirlik hamda idoralari «alohida byudjyetlardan foydalanib, turli xil yöllar bilan mamlakatni tarğib qilmoqda».
 
«Özbekistonga dunyoda mamlakatda röy berayotgan ijobiy islohotlarni amalga oşiriş borasida xabardorlikni oşiriş kerak. Özbekistonda biznes yuritiş uçun katta imkoniyatlar mavjud, ular haqida esa, afsuski, xalqaro investorlar jamoatçiligi juda kam ma'lumotga ega», - deya ta'kidlanadi agentlikdan.

Öz navbatida, aniq kommunikatsion strategiya Özbekistonni qabul qiliş muammosidan xalos etadi, mamlakatni taniy biliş darajasini oşiradi, turli tuşunmovçiliklarni bartaraf qiladi hamda xorijiy investitsiyalar oqimini köpaytiradi.

«Özbekistonga yangi, kuçli, zamonaviy obraz kerak, u bugun mamlakat turgan pozitsiyani aks ettiradi hamda prezidentning katta rejalarini uyğunlaştiradi», - deya ta'kidlaydi agentlik ekspertlari.

Birinçi bosqiçda M&C Saatchi yangi brend işlab çiqişni taklif etmoqda, «bu jahon darajasida Özbekistonni qabul qiliş darajasini özgartiriş uçun asos bölib xizmat qiladi».