Toyota kompaniyasi butun dunyo böylab bir milliondan ortiq Prius va C-HR rusumli avtomobillarini yonğin çiqiş ehtimoli sababli qaytarib olmoqçi, deb yozadi The Wall Street Journal.

Kompaniya rahbariyati uşbu nuqson 2016-2018 yillarda işlab çiqarilgan Prius, Prius Prime va C-HR rusumidagi avtomobillarda aniqlanganini bildirgan.

Avtomobillar butun dunyo böylab qaytarib olinadi. AQŞdan eng köp – 192 ming dona maşina qaytariladi. Qayd etilişiça, barça maşinalar bepul ta'mirlab beriladi.

Toyota 2018 yilda öz avtomobillarini qaytarib olişi haqida birinçi marta e'lon qilayotgani yöq. May oyida Rossiyadan 7,6 ming maşina, jumladan Lexus avtomobillari xavfsizlik yostiqçasidagi nuqson sababli qaytarib olingandi. Avgustda xuddi şu sabab bilan Rossiyadan yana 20 ming va Xitoydan 181,8 ming dona maşina qaytarib olinişi ma'lum qilindi.