2018 yilning 5 sentabr kuni Moskva şahridagi VDNXda XXXI Xalqaro kitob körgazma yarmarkasining oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda 40dan ortiq davlatlarning naşriyot va bosmaxonalari iştirok etdi.

Körgazma-yarmarkasida Özbekiston Respublikasidan Matbuot va axborot agentligi hamda yirik naşriyot-matbaa korxona vakillari ham qatnaşdilar.
Şu kunning özida barça korxonalarimiz xorijiy hamkorlar bilan özaro kelişuvlarni amalga oşirdilar jumladan, «Özbekiston» naşriyot-matbaa ijodiy uyi Rossiyaning «Olma» naşriyot markazi hamda Yelena Şubina tahririyati bilan, şuningdek Xitoyning «BIBF» naşriyot korporatsiyasi bilan ularda naşr etilgan xorij adabiyotlarini özbek tiliga tarjima qilib naşr etiş hamda milliy adabiyotlarimizni ularda tarjima qilib çet tilida naşr etiş yuzasidan muloqot olib bordi.

Çölpon nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyi Rossiyaning «Binom» hamda «Russkoye slovo» naşriyotlari bilan bolalar uçun möljallangan rus tilidagi sinfdan taşqari öqitiladigan adabiyotlarning original-maketlarini sotib oliş böyiça muzokara olib bordi.
Şu kunning özida körgazma-yarmarkasi taşkiliy qömitasi tomonidan «Yil kitobi» konkursi ötkazildi. Mazkur konkurs bu yil yigirmançi marta ötkazilib, unda 120 ta naşriyotning 500 nomdan ziyod kitoblari tanlovga qöyildi. Konkursda 11 nomdagi nominatsiyalar böyiça asar mualliflari va uni naşr etgan naşriyotlar ğolib deb topildi.
Asosiy nominatsiya bölmiş «Yil kitobi» nominatsiyasida «Bolşaya rossiyskaya ensiklopediya» naşriyotida tayyorlangan 35 tomli «Bolşaya rossiyskaya ensiklopediya» nomli kitobi ğolib deb topildi va boş sovrin — «Gran pri»ni qölga kiritdi.
Körgazma-yarmarka 9 sentabrga qadar davom etadi.











