Şu yil 6 sentabr kuni Andijon viloyatining Qörğontepa tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, şu tumanda yaşovçi R.M. “Nodira” MFYda yaşovçi buvisi T.E.ning uyidan 4 400 AQŞ dollari va 2 mln 700 ming söm pullarini yaşirin ravişda öğirlab olib çiqib ketayotganida uni körib qolgan buvisi qarşilik körsatgan vaqtida R.M. uning yuziga qöli bilan urib, pullarni talonçilik yöli bilan olib ketgan. 

Körilgan çoralar natijasida R.M. uşlangan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.