5 sentabr kuni HY 533 reysi bilan Bangkokka sayohat qiliş maqsadida uçib borgan 4 nafar Özbekiston fuqarosi aeroport xodimlari tomonidan Tailandga kiritilmagan. Kun.uz tahririyatiga yuborilgan murojaatda aytilişiça, Tailand immigratsiya politsiyasi ofitserlari ularning bir haftadan söng Özbekistonga qaytişlari mumkinligini ma'lum qilgan.

«Bizning barça hujjatlarimiz joyida, sayohat qiliş uçun pulimiz yetarli. Şunday bölsada, bizni şaharga kiritişmadi va qandaydir xonaga qamab qöyişdi» – deydi öz şaxsining sir qolişini istagan murojaatçilardan biri.

Ma'lum bölişiça, özbekistonlik sayyohlardan taşqari yana Şotlandiya, Ispaniya, Hindiston kabi davlatlarning fuqarolari ham şubha ostida qolgan va ular maxsus xonada hamon saqlab turilmoqda.

«Nima sababdan bunday holat yuzaga kelganini ma'lum qilişmadi. Vaziyatga konsullik yoki elçixona xodimlarining özlari oydinlik kiritişlari ta'kidlandi. Özbekistonning Bangkokdagi elçixonasi bilan boğlandik. Lekin ular ham yordam bera olmasliklarini aytişmoqda. Iltimos, hurmatli Taşqi işlar vazirligi xodimlari, bizga yordam bering. Bir hafta davomida qamoqxonaga öxşaş zax xonada yotişni istamaymiz» – deyiladi videomurojaatda.

Ma'lumot örnida aytiş örinliki, Özbekiston Respublikasining elçixonasi töğrisidagi Nizomning 6-bandida elçixonaning asosiy vazifa va funksiyalari körsatib ötilgan bölib, unga köra elçixona joylaşgan davlatda Özbekiston Respublikasi va uning fuqarolari manfaatlarini xalqaro huquq yöl qöygan doiralarda himoya qilişi lozim.

Şuningdek, uşbu bandda elçixona joylaşgan davlatdagi şart-şaroitlar va voqealarni barça qonuniy vositalar bilan aniqlaştirişi joizligi ham ta'kidlab ötilgan.

Sönggi vaqtlarda Taşqi işlar vazirligi xorijda Özbekiston fuqarolari bilan boğliq ravişda röy berayotgan turli hodisalar haqida tezda rasmiy bildiriş berayotgani quvonarli hol. Qolaversa, hamyurtlarimizning manfaatlarini himoya qiliş uçun tegişli amaliy çoralar körilayotganini ham e'tirof etiş lozim. Şunday ekan, ayni kunlarda Tailandda uşlab turilgan özbekistonlik sayyohlar borasida ham rasmiy ma'lumot orqali vaziyatga oydinlik kiritilişi, xalqaro huquq normalari doirasida tört nafar hamyurtimizning huquqlarini himoya qilişda yordam körsatilişini kutib qolamiz.