Seld baliğidan keyin sut içiş mumkin emasligi, turli mahsulotlardagi vitaminlar bir-biri bilan “kelişa olmasligi” va göşt bilan birga ayrim mahsulotlarni iste'mol qilib bölmasligi töğrisida.

Foto: Pixabay

Aytişlariça, ba'zi mahsulotlarni birgalikda yeyiş mumkin emas. Şör bodring ortidan içilgan sut hazm qilinmaydi, desertga meva iste'mol qiliş zarar degan tuşunça mavjud. Bir-biriga mos kelmaydigan mahsulotlar röyxati ortib, ösib bormoqda. Bu borada mutaxassisning fikri bilan tanişing.

Anna Yurkeviç
Gastroenterolog. Töğri ovqatlaniş va hazm qiliş tizimining salomatligi töğrisidagi blog muallifi

Oldimizda nisbatan soğlom odam degan şart bilan aytiş mumkinki, uning oşqozon-içak tizimi har qanday mahsulotlari birlaşmasini hazm qila olişi kerak.

Istisno – u yoki bu mahsulotni hazm qila olmaslik. Agar odam organizmida sutni hazm qiliş fermentlari yetişmasa, bunday mahsulotni iste'mol qilgaç, navbatdan taşqari hojatxonaga boriş ehtimoli ortadi. Bu vaziyatda u seld baliğini yegani-yemagani muhim emas.

Yana boşqa misol: ayrim kişilarning içaklari bir vaqtning özida katta miqdordagi fruktoza (köplab meva va sabzavotlar tarkibida böladi)ni özlaştirolmaydi. Uning köp miqdorda bölişi içak bakteriyalaridan foydalanilişiga olib keladi, natijada odam qorni dam bölganini his qiladi.

Boşqa tomondan, agar ovqatdan maksimum darajada foyda olişni istasak, ba'zi mahsulotlarni birga iste'mol qilmagan ma'qul.

Foto: Pixabay

Göştni töğri iste'mol qiliş

Temir yetişmovçiligi muammosi köpçilik uçun dolzarb. Bu organizmda temir yetişmaydi, biroq anemiya (gemoglobinning past darajasi) hali kuzatilmaydi, biroq klinik belgilari mavjud: böşaşiş, boş aylanişi, soçlar tökilişi, “xotirjam bölmagan oyoqlar sindromi”.

Şuning uçun bu mahsulotdagi temir moddasini maksimal darajada özlaştirilişini istasak, taomni yeyiş vaqtida bir paytning özida temirga boy göşt va kalsiyni aralaştirib bölmasligini inobatga olişimiz kerak. Biroq likopçada S vitaminiga boy mahsulotlar, masalan, karam bölgani ma'qul. Aççiq çoy va qahva ham temir moddasining organizmga singişiga tösqinlik qiladi.

Foto: Pixabay

Bötqalarni töğri iste'mol qiliş

Agar organizm taomdan muayyan mikroelementlar (sink yoki temir)ni olişini istasak, doni yançilmagan bötqalar yeyiş tavsiya etilmaydi. Çunki ular foydali moddalar sörilişini sekinlaştiradigan fitatlarga boy.

Mahsulotlardagi fitin kislotasini kamaytiriş uçun ularni böktiriş (fermentlaştiriş) lozim. Bu dukkakli, yonğoq va yormalarga tegişli. 10-12 soat davomida iliq suvda fermentlaş davomida antifermentlar va fitin kislotasi neytrallaşadi. Natijada tarkibidagi vitamin va minerallar organizmga singadigan mahsulotga ega bölamiz.

Foto: Pixabay

Sabzavot va mevalarni töğri iste'mol qiliş

Sabzavot va mevalarda bölgan vitaminlar bir-biri va ovqatdagi ayrim moddalar bilan “çiqişa olmaydi” degan ma'lumotlar ham bor. Şuning uçun ba'zi vitaminlarni birga iste'mol qiliş tavsiya qilinmaydi. Çunki ular bir-biriga hazm böliş jarayonida xalaqit beradi.

Bu faktni isbotlaydigan tadqiqotlar “probirkada” ötkazilgan. Aslida bu organizmda qanday sodir bölişi, bunga qanday ta'sir ötkazişimiz mumkinligi hozirça tuşunarsiz.

Biroq haqiqatan ham qölimizdan keladigan narsa bu – mahsulotlardan maksimum foyda oliş. Buning uçun:

Sabzavot va mevalarni yangi holida iste'mol qiliş. Qança tez bölsa, şunça yaxşi. Uzoq vaqt davomida saqlaş foydali moddalarni kamaytiradi. Biroq butunlay yöq qilmaydi.

Meva va sabzavotlarga kamroq işlov beriş. Termik işlov beriş ham köp vitaminlarni kamaytiradi. Şuning uçun brokkolini bir soat davomida gaz duxovkasida qoldiriş yaramaydi, yaxşisi buğda tayyorlagan ma'qul. Aytgança, agar taom tayyorlaşning qaynaş turini tanlagan bölsangiz, bilingki, vitaminlarning bir qismi şörvaga çiqib ketadi.

Sabzavotlarni iste'mol qilişdan biroz avval tayyorlaş. Mexanik ta'sir ham vitaminlarga ta'sir qiladi: töğralgan salat qança uzoq saqlansa, undagi vitaminlar ham kamroq böladi. Eslatib ötamiz, salatlarni uzoq vaqt davomida saqlaş, ovqatdan zaharlaniş nuqtai-nazaridan ham xavfsiz emas.