Eron Özbekiston avtomobillarini import qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda «Özbekiston» telekanalining «Tahlilnoma» dasturida xabar qilindi. 

Spot’ning yozişiça, Eron avtobus va yuk parki yangilanişga juda muhtoj bölib, şu sababdan Eronning Sepehr Meshqat Caspian kompaniyasi Özbekiston avtomobil işlab çiqaruvçilari bilan hamkorlik örnatişga tayyor.

Birinçi bosqiçda Eron kompaniyasi «Özavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi avtomobil mahsulotining bir neçta namunalarini sotib olişni rejalaştirmoqda. Undan söng hajm 1 ming donaga qadar oşiriladi.

Bundan taşqari, kompaniya mahsulotni qismlarga ajratilgan (complete knock-down) va yarim ajratilgan holda (semi knock-down) keyinçalik Eronda yiğiş yölga qöyiş maqsadida import qiliş taklifi bilan çiqqan.

Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan 29 mingdan ortiq avtomobilni sotuvga qöygani xabar berilgandi.