Bugungi kunda O‘zbekistonda salomatlikni tiklash va dam olish uchun eng yaxshi maskanlardan biri hisoblangan Xonobod sihatgohi barchani o‘z xizmatlaridan foydalanishga chorlaydi.


Xonobod – vodiyning go‘zal tabiatli, musaffo havoli, ekoturizm uchun qulay hududi. Bu yerda Siz hordiq chiqarish bilan birga betakror tabiat manzaralaridan zavq olasiz. Sihatgohda mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish uchun barcha qulayliklar mavjud. Keng va yorug‘ xonalar eng so‘nggi zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta'minlangan.



Bu yerda yopiq sport zali, trenajyorlar bilan jihozlangan zallar, yopiq suzish havzasi mavjud. Ochiq sport maydonlarida hatto professional atletlar shug‘ullanishi uchun ham barcha qulayliklar muhayyo.


“Xonobod”da Siz vodiyning eng malakali shifokorlari nazorati ostida bo‘lasiz. Shu bilan birga, jahon standartlariga muvofiq fizioterapiya xonalarida kerakli davolanish muolajalarini olasiz.






