Sölim tabiati bilan maşhur Xonobodda bir paytlar qurila boşlagan sanatoriy qarovsiz holda qolib ketgan edi. Prezident Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 2 iyunda bu yerga kelib, uni obodonlaştiriş, aholi dam olişi uçun zarur şaroitlar yaratiş böyiça topşiriqlar bergan edi.
Ötgan yili bu yerda 180 örinli zamonaviy sihatgoh işga tuşirildi. Davolaş binolari, standart, yarimlyuks va lyuks xonalar, 6 ta apartamentda barça şaroitlar yaratildi.
Dengiz sathidan 850 metr balandlikda joylaşgan uşbu maskan toza havosi va şifobaxş suvi bilan nafas yöllari, asab tizimi, yurak qon-tomir kasalliklarini davolaşga ixtisoslaşgan. Mineral vannalar, fizioterapiya, elektroforez, galvanizatsiya, igna bilan davolaş, stomatologiya, kosmetologiya, galoterapiya yölga qöyilgan.

Şu yerda Andijon viloyatida turizmni rivojlantirişga doir loyihalar taqdimoti ötkazildi. Xonobod faollari bilan muloqot bölib ötdi.













