Jinoyat kodeksi 168-moddasining 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib xalqaro qidiruvda bölgan fuqaro Özbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Xabar qilinişiça, tezkor-qidiruv tadbirlarini ötkaziş davomida qidiruvda bölgan şaxsning Gruziya hududida ekanligi aniqlangan.

Özbekiston va Gruziya tomonlarining muvofiqlaştirilgan harakatlari natijasida u Gruziyaning vakolatli organlari tomonidan uşlangan hamda Özbekiston Boş prokuraturasining ekstraditsiya töğrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilib, mazkur şaxsni Özbekistonga topşiriş töğrisida qaror qabul qilingan.

“Interpol milliy markaziy byurolari xodimlarining bevosita iştirokida qidiruvdagi şaxs Gruziyadan ekstraditsiya qilinib, qonunçilikka muvofiq keyingi protsessual harakatlarni amalga oşiriş uçun Özbekiston Respublikasiga olib kelindi”, deyiladi Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabarida.