Yangi 9\11?

Hafta davomida dunyo yana 2001-yil 11-sentabrni eslab, bir lahza şokka tuşdi. Flydubai aviakompaniyasiga tegişli Boeing 737 MAX samolyoti Dubaydan Tel-Avivga isroilliklarni olib ketayotganda, keskin pastlab, yerga «samolyotni egallaşga uriniş bölgani» haqida signal yubordi. Isroil tezda qiruvçi samolyotlarini osmonga kötarib, samolyotni qidirişga kirişganda, bort bilan aloqa tiklandi.

Maʼlum bölişiça, ömonlik ikkinçi pilot hindistonlik kema kapitaniga piçoq bilan hujum qilib, uni öldirmoqçi bölgan va havo kemasi boşqaruvini qölga olişga uringan. Biroq kapitan qarşilik qilib, qonga belangan holatida kabinani oçib yuborişga erişgan. Janjal şovqinini eşitib, eşik oldida turgan yölovçilar tezda içkariga kirib, kapitanni öldirişga uringan uçuvçini zararsizlantirgan.

Ikkinçi uçuvçi boşqaruv qurilmasini işdan çiqarişga uringan. Samolyotda aviakompaniyaning mehnat safariga ketayotgan boşqa uçuvçilari bölgan va ular boşqaruvni qölga olib, keskin pastlaş sabab dum qismiga zarar yetgan uçoqni Saudiya Arabistonidagi Tabuk aeroportiga qöndirgan.

Keyinçalik yölovçilar Flydubai'ning evakuatsiya reysi orqali Tel-Avivga olib ketildi. Isroil hodisani teraktga uriniş deb baholadi. BAA prokuraturasi ham bu samolyotni olib qoçiş va teraktga uriniş bölgani haqida rasman eʼlon qildi. Ikkinçi pilot Saudiya Arabistonidan BAAga tergov uçun olib ketilgan.

Yamanda nima gap?

Yamandagi vaziyat keskinligiça qolmoqda. Hukumat Eron qöllovidagi husiyçilar şialar guruhiga qarşi kuraş uçun umummilliy safarbarlik eʼlon qildi. Çunki «Ansoralloh» mamlakatning eng strategik nuqtasi Bob al-Mandab böğozi sohillarini egallaş uçun katta qadamlar taşladi. Unga tutaş sohillar, baʼzi orollarni nazoratga oldi. Yetmaganiga hukumat kuçlarini qöllovçi Saudiya Arabistoniga töğridan-töğri zarbalar berdi. Hozirça Saudiya bunga qarşi nimadir qilgani yöq, lekin husiyçilar «ularga qarşi katta hujum tayyorlanayotgani»ni aytmoqda.

Madinaga dron hujumi

29-sentabr tongda Arabistondagi muqaddas Madina şahridagi Taibah elektr taqsimlaş stansiyasiga dron urilib portlaş sodir böldi. Saudiya tomoni hujumda Yaman husiyçilarini aybladi, lekin şialar guruhi bu ayblovni keskin rad etib, «ular islom olamining muqaddas şaharlariga hujum qilmasligini» bildirdi.